Ko‘rsatkichlar kamaydi: O‘zbekistonda qancha ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarildi?

Obuna bo‘lish
2026 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘mir va tabiiy gaz ishlab chiqarish 16 foizdan ziyod kamaydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 637,2 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga ko‘p.
Sanoat ishlab chiqarishining eng katta qismi qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keldi. Uning hajmi 549,7 trln so‘mni, jami sanoatdagi ulushi esa 86,3 foizni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yirik sanoat korxonalarida asosiy yoqilg‘i resurslarini ishlab chiqarish kamaydi.
Hisobot davrida:
2,5 mln tonna ko‘mir;
313,8 ming tonna neft;
18,3 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi.
2025 yilning mos davri bilan taqqoslaganda, ko‘mir ishlab chiqarish 16,7 foiz, tabiiy gaz 16,4 foiz, neft esa 3,1 foizga kamaygan.
Ko‘rsatkichlar va ularning yillik o‘zgarishi — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0