Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo obyekti ommaviy savdoga chiqariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashinniy bazar Sergeli
Mashinniy bazar Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.07.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi 35 ta bozor va savdo obyekti ommaviy savdoga chiqariladi, yiriklari investorlarga yangi shartlarda taklif etiladi.
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Prezidentning Toshkentni 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori bilan poytaxtdagi 35 ta bozor, savdo kompleksi va ularning shoxobchasi ommaviy savdoga chiqariladi.
Ro‘yxatda yer maydoni bo‘yicha eng yirik obyektlar — 23,7 gektarlik Sergeli mashina bozori, 15,1 gektarlik Yangiobod ixtisoslashgan bozori, 12,2 gektarlik "Chilonzor" buyum savdo kompleksi va 9,2 gektarlik "O‘rikzor" savdo kompleksi bor.

Shuningdek, Navro‘z, Bek to‘pi, Sergeli dehqon, Parkent universal, Aviasozlar, Qoraqamish, Farhod va Qo‘yliq bozorlari hamda qator kichik shoxobchalar ro‘yxatga kiritilgan.

Hujjat izohida obyektga qarab bozorni boshqaruvchi jamiyatdagi davlat ulushi yoki uning bino-inshootlari sotilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Savdolar "Toshkent invest kompaniyasi" buyurtmasi asosida o‘tkaziladi. Kompaniya har bir obyekt uchun master-reja va "tayyor biznes" loyihasini ishlab chiqadi. Xaridorga bozor o‘rnida zamonaviy ekobozor, savdo va xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etish sharti qo‘yiladi.
Qarorda sanoat uchun ham yangi mexanizmlar belgilangan. "Toshkent shahar sanoat zonalari direksiyasi" va "Industrial hududni boshqarish direksiyasi" ko‘p qavatli sanoat obyektlarini barpo etadi.
Maydonlar birinchi navbatda shu hududda ishlayotgan tadbirkorlarga taklif qilinadi, investorlar esa elektron onlayn auksion orqali jalb etilishi mumkin.
Tadbirkorlar bunday obyektlardan 1 000 kvadrat metrgacha maydonni sotib olish uchun 7-yilga, ikki yilgacha imtiyozli davr bilan, yillik 10 foizli kredit olishi mumkin. Bu imtiyoz bozorlarni xarid qilishga emas, ko‘p qavatli sanoat binolariga taalluqli.
Predstavleni predlojeniya po razvitiyu urbanizatsii i rasshireniyu zelenix zon v stolitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
Toshkent aholisi 6 mln bo‘lishi kutilyapti: prezidentga yangi qurilish rejalari taqdim etildi
Yangiliklar lentasi
0