O‘zbekistonda noyob hayvon va o‘simliklar yagona raqamli baza orqali kuzatiladi

© AP Photo / FRITZ REISSV Uzbekistane redkie jivotnie i rasteniya budut otslejivatsya cherez yedinuyu sifrovuyu bazu
V Uzbekistane redkie jivotnie i rasteniya budut otslejivatsya cherez yedinuyu sifrovuyu bazu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2026
Obuna bo‘lish
ECODATA qo‘riqxonalar, o‘rmonlar, suv havzalari hamda noyob hayvon va o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni yagona bazaga jamlaydi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi ECODATA raqamli platformasi ishga tushirildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matubot xizmati xabar berdi.
Platforma Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamg‘arma bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. U 7 ta asosiy modul va 60 dan ortiq bog‘langan jadvaldan iborat bo‘lib, 12 ta viloyat hamda Qoraqalpog‘istonni qamrab olgan.
ECODATAda hayvonot va o‘simlik turlari, Qizil kitobga kiritilgan noyob turlar, qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, o‘rmonlar, suv havzalari va yaylovlar haqidagi ma’lumotlar jamlanadi.
Tizim turlarning soni va tarqalishidagi o‘zgarishlarni kuzatish, hududlar ko‘rsatkichlarini taqqoslash hamda ekologik qarorlarni ma’lumotlar asosida qabul qilishga yordam beradi.

Platformaning muhim imkoniyatlaridan biri — kuzatuv natijalarini bevosita tabiiy hududdan kiritish. Mutaxassislar GPS koordinatalari, fotosuratlar va qo‘shimcha materiallarni mobil qurilma orqali bazaga jo‘natishi mumkin bo‘ladi.

Internet bo‘lmagan joyda ma’lumot qurilmada saqlanib, aloqa tiklangach markaziy baza bilan avtomatik sinxronlanadi.
Kelgusida fuqarolar va tadqiqotchilar ham hayvon yoki o‘simlik suratini koordinatasi bilan tizimga yuborishi mumkin bo‘ladi. Tur aniqlanmasa, ma’lumot mutaxassislar tekshiruviga beriladi.
ECODATA tabiiy resurslardan foydalanish limitlarini hisoblash va monitoring natijalarini tahlil qilishda ham qo‘llanadi. Keyinchalik noyob turlar soni keskin kamayganda avtomatik ogohlantirish, iqlim ta’sirini baholash hamda xalqaro axborot tizimlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan.
Krasnaya kniga Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
O‘zbekiston Qizil kitobi: ayrim hayvon va o‘simliklar chiqarilishi va ayrimlar qo‘shilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0