https://oz.sputniknews.uz/20260729/issiqkol-uzbekistan-madaniyat-kunlar-59342531.html
Issiqko‘lda vazirlar raqsga tushdi — O‘zbekiston madaniyati kunlari qanday o‘tdi?
Issiqko‘lda vazirlar raqsga tushdi — O‘zbekiston madaniyati kunlari qanday o‘tdi?
Sputnik O‘zbekiston
Issiqko‘lda O‘zbekiston madaniyati kunlari gala-konsert bilan yakunlandi. Taniqli xonandalar, simfonik orkestr va raqs ansambllari chiqish qildi, ikki mamlakat madaniyat vazirlari ham raqsga tushdi.
2026-07-29T11:29+0500
2026-07-29T11:29+0500
2026-07-29T11:29+0500
madaniyat
madaniyat vazirligi
ozodbek nazarbekov
issiqko‘l
konsert
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59342329_0:104:1280:824_1920x0_80_0_0_a31ad84637cb1a7297d11d443c66cd9c.jpg
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ikki kunlik madaniy dastur 27-iyul kuni Cho‘lponota shahridagi "Rux Ordo" madaniyat markazida tantanali ravishda ochildi. Marosimda ikki mamlakat rasmiylari, ijodkorlar, san’at jamoalari, mahalliy aholi va Issiqko‘l mehmonlari ishtirok etdi.Madaniyat kunlarining ochilish konsertida Farrux Zokirov, Kamoliddin O‘rinboyev, Oygul Nodirova va Zulayho Boyxonova kabi taniqli san’atkorlar sahnaga chiqdi. "Navbahor" va "Tumor" raqs ansambllari o‘zbek milliy raqslarini namoyish etdi.28 iyul kuni Bosteri qishlog‘idagi "Dordoy Nomad" etnomajmuasida tantanali yopilish marosimi va gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Unda simfonik orkestr, raqs jamoalari va o‘zbek estradasining taniqli vakillari ishtirok etdi.Ozodbek Nazarbekov gala-konsertda o‘zining mashhur taronalari bilan birga qirg‘iz tilida ham qo‘shiq kuyladi.Sputnik Qirg‘iziston nashrining xabar berishicha, konsert yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov hamda Mirbek Mambetaliyev san’atkorlar bilan birga raqsga tushdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/kyrgyzstan-uzbekistan-madaniyat-kunlar-59300070.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/1d/59342329_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_20ae9db9dc97c03a1022ea8385cad9d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, madaniyat vazirligi, ozodbek nazarbekov, issiqko‘l, konsert, qirg‘iziston
madaniyat, madaniyat vazirligi, ozodbek nazarbekov, issiqko‘l, konsert, qirg‘iziston
Issiqko‘lda vazirlar raqsga tushdi — O‘zbekiston madaniyati kunlari qanday o‘tdi?
Cho‘lponotada ikki kun davom etgan tadbir gala-konsert bilan yakunlandi. Sahnaga o‘zbek san’atining taniqli vakillari chiqdi.
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ikki kunlik madaniy dastur 27-iyul kuni Cho‘lponota shahridagi "Rux Ordo" madaniyat markazida tantanali ravishda ochildi. Marosimda ikki mamlakat rasmiylari, ijodkorlar, san’at jamoalari, mahalliy aholi va Issiqko‘l mehmonlari ishtirok etdi.
Tadbirlarda qatnashish uchun O‘zbekistondan qariyb 200 nafar madaniyat va san’at vakili kelgan. Delegatsiya tarkibidan taniqli ijrochilar, musiqachilar, raqs jamoalari va ijodiy ziyolilar o‘rin oldi.
Madaniyat kunlarining ochilish konsertida Farrux Zokirov, Kamoliddin O‘rinboyev, Oygul Nodirova va Zulayho Boyxonova kabi taniqli san’atkorlar sahnaga chiqdi. "Navbahor" va "Tumor" raqs ansambllari o‘zbek milliy raqslarini namoyish etdi.
28 iyul kuni Bosteri qishlog‘idagi "Dordoy Nomad" etnomajmuasida tantanali yopilish marosimi va gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Unda simfonik orkestr, raqs jamoalari va o‘zbek estradasining taniqli vakillari ishtirok etdi.
Ozodbek Nazarbekov gala-konsertda o‘zining mashhur taronalari bilan birga qirg‘iz tilida ham qo‘shiq kuyladi.
Sputnik Qirg‘iziston nashrining xabar berishicha, konsert yakunida O‘zbekiston va Qirg‘iziston madaniyat vazirlari Ozodbek Nazarbekov hamda Mirbek Mambetaliyev san’atkorlar bilan birga raqsga tushdi.