O‘zbekistonda eng yuqori va past o‘rtacha ish haqi qayerda — infografika

Obuna bo‘lish
2026 yil yanvar-iyunda O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 7,09 mln so‘m bo‘ldi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi.
O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln 91,1 ming so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 foizga ko‘p.
Taqqoslash uchun, 2022-yil yanvar-iyun oylarida bu ko‘rsatkich 3 mln 551,6 ming so‘m bo‘lgan. Shunday qilib, to‘rt yil ichida o‘rtacha ish haqi qariyb ikki baravarga oshgan.
Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida — 12 mln 14 ming so‘m. Keyingi o‘rinda Navoiy viloyati qayd etilgan — 8 mln 723 ming so‘m.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Qashqadaryo viloyatida — 4 mln 865 ming so‘m va Surxondaryo viloyatida — 4 mln 937 ming so‘m bo‘lgan.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va uning o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarishi — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0