Iordaniya va O‘zbekiston dunyoning eng yaxshi fotograflaridan biri Abdulrahmon Savalha nigohida

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ko‘rgazma hozir jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi sahifa ochadi.
Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida iordaniyalik fotograf Abdulrahmon Valid Savalhaning "Iordaniyadan O‘zbekistonga muhabbat ila" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi ochildi.
Ekspozitsiyada ikki mamlakatning madaniy merosi, me’morchiligi, tabiati va kundalik hayoti aks ettirilgan.
Ko‘rgazma muallifi — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, iordaniyalik professional fotograf va vizual san’at ustasi Abdulrahmon Valid Savalha. U 2019-yildan buyon O‘zbekistonda yashaydi va 30-yildan ortiq vaqt davomida badiiy fotografiya hamda madaniy merosni hujjatlashtirish bilan shug‘ullanib keladi.
"Ushbu ko‘rgazma hozir jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston va Iordaniya munosabatlarida yangi sahifa ochadi. Men ikki mamlakat uchun ham o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan yo‘nalishlarni namoyish etish maqsadida shu mavzuni tanladim", — deydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Abdulrahmon Savalha.
Ekspozitsiya tomoshabinlarni Iordaniyaning mashhur va nisbatan kam tanilgan diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiradi. Suratlarda qadimiy As-Salt shahri, tarixiy Umm-Qays, Aqaba porti, O‘lik dengiz sohillari hamda mamlakatning boshqa tabiiy va me’moriy yodgorliklari aks etgan.
Shu bilan birga, fotograf O‘zbekistonning madaniy merosi, tarixiy shaharlari, me’morchiligi va kundalik hayotini ham namoyish etgan. Loyihada ikki xalqning tarixiy va ma’naviy yaqinligi mavzusi alohida o‘rin egallaydi.
"Men O‘zbekistonning madaniy merosi, tarixi, me’morchiligi va kundalik hayotini, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni ko‘rsatishga harakat qildim. Tarix va me’morchilikda umumiy jihatlarimiz ko‘p. Ko‘rgazmada aynan shu o‘xshashliklarni aks ettirishni istadim", — ta’kidladi muallif.
Abdulrahmon Valid Savalha London san’at universiteti tarkibidagi Central Saint Martins san’at va dizayn kollejida "Fotografiya va vizual san’at" yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan hamda tasviriy san’at bakalavri darajasini qo‘lga kiritgan.
Fotograf kasbiy faoliyati davomida Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Chexiya, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda o‘tkazilgan 35 tadan ortiq xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan.
Uning shaxsiy ko‘rgazmalari 2002-yilda Suriyada, 2018-yilda Iordaniyada, 2021-yilda va 2026-yilda ikki marta O‘zbekistonda tashkil etilgan.

Abdulrahmon Savalha — fotografiya san’ati bo‘yicha sertifikatlangan murabbiy va ma’ruzachi. U BAA, Iordaniya, Iroq, Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda, shuningdek, onlayn platformalar orqali 300 tadan ortiq mahorat darsi, seminar va ma’ruza o‘tkazgan.

U xalqaro va mahalliy fotofestivallar hamda tanlovlarda hakamlik qiladi, "Art One Studio" va "Art Academy"ga rahbarlik qilib, professional fotografiya bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi.
Muallif taqdim etgan tarjimai holga ko‘ra, 2004-yilda uning ishlari YuNESKOning oltinchi kitobiga kiritilgan. 2021-yilda Arab-Amerika akademiyasi unga "Yil shaxsi" unvonini berib, fotografiya sohasidagi eng nufuzli 100 shaxs qatoriga kiritgan.
Fotograf 50 taga yaqin xalqaro mukofot, diplom va sertifikat sohibi. U FIAP, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Iordaniya fotograflar jamiyati va Arab fotograflari uyushmasi a’zosi.
Abdulrahmon Savalhaning ta’kidlashicha, ko‘rgazmaning maqsadi tomoshabinlarni ikki mamlakatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish bilangina cheklanmaydi. Loyiha xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.
"O‘zbekistondagi namoyish yakunlanganidan so‘ng ko‘rgazma Iordaniyaga ham borishiga umid qilaman", — dedi fotograf.
"Iordaniyadan O‘zbekistonga muhabbat ila" loyihasi fotografiyani tarixiy xotirani saqlaydigan, madaniyatlar rang-barangligini ochib beradigan va bir-biridan uzoqda joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi umumiylikni ko‘rsata oladigan universal til sifatida taqdim etadi.
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
1/19

2/19

Abdulraxmon Savalxa va Rustam Sharipov ko‘rgazmasi ochilishida

Abdulraxmon Savalxa va Rustam Sharipov ko‘rgazmasi ochilishida - Sputnik O‘zbekiston
3/19

Abdulraxmon Savalxa va Rustam Sharipov ko‘rgazmasi ochilishida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
4/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmonlari

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmonlari - Sputnik O‘zbekiston
5/19

6/19

7/19

Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori Farrux Usmonov va Abdulraxmon Savalxa

Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori Farrux Usmonov va Abdulraxmon Savalxa - Sputnik O‘zbekiston
8/19

Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyi direktori Farrux Usmonov va Abdulraxmon Savalxa

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
9/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi fotosuratchilari

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi fotosuratchilari - Sputnik O‘zbekiston
10/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi fotosuratchilari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
11/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmoni

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmoni - Sputnik O‘zbekiston
12/19

13/19

Iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha

Iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha  - Sputnik O‘zbekiston
14/19

Iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
15/19

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmonlari

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmonlari - Sputnik O‘zbekiston
16/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmonlari

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
17/19

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmoni

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmoni - Sputnik O‘zbekiston
18/19

Iordaniya va O‘zbekiston — fotoko‘rgazmasi mehmoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida - Sputnik O‘zbekiston
19/19

Iordaniya va O‘zbekiston — iordaniyalik fotosuratchi Abdulrahmon Savalha nigohida

Yangiliklar lentasi
0