https://oz.sputniknews.uz/20260727/energetika-yangi-boshqaruv-tizim-59310972.html
Energetikada sun’iy intellekt va yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi
Energetikada sun’iy intellekt va yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi. Energetika vazirligida sun’iy intellekt markazi tashkil etilib, soha xodimlari uchun KPI joriy qilinadi.
2026-07-27T16:45+0500
2026-07-27T16:45+0500
2026-07-27T16:45+0500
shavkat mirziyoyev
energetika
elektr energiyasi
jamiyat
energetika vazirligi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/17/41195407_0:203:2920:1846_1920x0_80_0_0_0833f022c67006a9b356378075c00625.jpg
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini boshqarishning yangi tizimini joriy etish, keyinchalik esa ushbu tajribani respublikaning barcha tuman va shaharlariga tatbiq qilish vazifasini belgiladi.Ta’kidlanishicha, tumanda maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev rahbarlik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.Qaysi mahallada transformator, gaz taqsimlash qurilmasi yoki tarmoqlarni yangilash zarurligi aniqlanadi. ASKUE va ASKUG tizimlariga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning aloqasi tiklanadi.Elektr va gaz yo‘qotishlarini ikki karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Yirik korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, tejamkor texnologiyalarga o‘tish uchun ularga bank resurslari ajratiladi.Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantirilishi belgilandi. Keyin energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.Shuningdek, Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.Tizimdagi 106 ming xodim uchun avariyalar, yo‘qotishlar, qarzdorlik, quvvatlar zaxirasi va ta’mirlash ishlarini qamrab olgan 10 ta asosiy KPI belgilanadi.Tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahallada isitish tizimini elektrga o‘tkazish imkoniyatlari ham o‘rganiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260430/elektr-gaz-ochirish-taqiq-57237703.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/17/41195407_95:0:2826:2048_1920x0_80_0_0_68a8153b78e1bc0599805fd2e619166e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, energetika, elektr energiyasi, jamiyat, energetika vazirligi, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, energetika, elektr energiyasi, jamiyat, energetika vazirligi, o‘zbekiston
Energetikada sun’iy intellekt va yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi
Yangiyo‘lda elektr va gaz ta’minotining yangi tizimi sinovdan o‘tkaziladi, sun’iy intellekt esa hisoblagichlardagi shubhali o‘zgarishlarni tahlil qiladi.
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Yangiyo‘l tumanida elektr va gaz ta’minotini boshqarishning yangi tizimini joriy etish, keyinchalik esa ushbu tajribani respublikaning barcha tuman va shaharlariga tatbiq qilish vazifasini
belgiladi.
Ta’kidlanishicha, tumanda maxsus shtab tashkil etiladi. Unga energetika vaziri Sherzod Xodjayev rahbarlik qiladi, tuman hokimi San’at Jumaniyozov esa uning o‘rinbosari bo‘ladi.
Mas’ullar ikki hafta ichida 51 ta mahallada aholi va tadbirkorlarning elektr hamda gazga bo‘lgan oylik, choraklik va yillik talabini o‘rganib, energiya iste’moli balansini shakllantiradi.
Qaysi mahallada transformator, gaz taqsimlash qurilmasi yoki tarmoqlarni yangilash zarurligi aniqlanadi. ASKUE va ASKUG tizimlariga mos kelmaydigan hisoblagichlar almashtirilib, ma’lumot uzatmayotgan qurilmalarning aloqasi tiklanadi.
Elektr va gaz yo‘qotishlarini ikki karra kamaytirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi. Yirik korxonalar energiya auditidan o‘tkazilib, tejamkor texnologiyalarga o‘tish uchun ularga bank resurslari ajratiladi.
Barcha ishlar 1-oktabrgacha yakunlanib, Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantirilishi belgilandi. Keyin energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng og‘ir bittadan tumanga biriktiriladi.
Shuningdek, Energetika vazirligi tarkibida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi.
Markaz energetika zanjirini “stress-audit”dan o‘tkazib, sohani rivojlantirish ssenariylarini ishlab chiqadi. ASKUE va ASKUG ma’lumotlari sun’iy intellekt orqali tahlil qilinib, shubhali o‘zgarishlarni aniqlaydigan platforma yaratiladi.
Tizimdagi 106 ming xodim uchun avariyalar, yo‘qotishlar, qarzdorlik, quvvatlar zaxirasi va ta’mirlash ishlarini qamrab olgan 10 ta asosiy KPI belgilanadi.
Tabiiy gaz yetkazib berish qiyin bo‘lgan 1 ming 916 ta mahallada isitish tizimini elektrga o‘tkazish imkoniyatlari ham o‘rganiladi.