O‘zbekistonning davlat qarzi besh yilda qariyb ikki baravar oshdi - infografika

Obuna bo‘lish
2026 yil boshida O‘zbekistonning davlat qarzi 46,9 mlrd dollar yoki YaIMning 31,9 foizini tashkil etdi.
2026 yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 46,9 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotning 31,9 foizini tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyada ma’lum qilingan.
Umumiy qarzning 39,8 mlrd dollari davlat tashqi qarzi, 7 mlrd dollari esa davlat ichki qarzi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bir yilda davlat qarzi qariyb 6,7 mlrd dollarga yoki 16,7 foizga oshgan.
2020 yilda davlat qarzi taxminan 23,4 mlrd dollarni tashkil etgan. 2025-yil yakuniga kelib ko‘rsatkich ikki baravarga yaqin oshgan. Shu bilan birga, qarzning YaIMga nisbati 2020-yildagi 33,3 foizdan 2025-yil yakunida 31,9 foizga tushgan.
Tashqi qarz tarkibida O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan qarzlar 35 mlrd dollarni, davlat kafolati ostida olingan qarzlar esa 4,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Fiskal strategiyaga ko‘ra, 2026-yil yakunida davlat qarzining YaIMga nisbati 31 foiz bo‘lishi kutilmoqda. 2027–2029 yillarda esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 32 foiz atrofida saqlanishi prognoz qilingan. Bu davlat qarzini YaIMning 40 foizidan oshirmaslik bo‘yicha belgilangan chegaradan past.
Yangiliklar lentasi
0