Parijdagi Prezident sovrinida O‘zbekiston kurashchilari 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet RUzKurashisti Uzbekistana zavoyevali dve zolotie medali na turnire na priz Prezidenta v Parije
Kurashisti Uzbekistana zavoyevali dve zolotie medali na turnire na priz Prezidenta v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Obuna bo‘lish
Parijdagi Prezident sovrini uchun xalqaro turnirda O‘zbekiston kurashchilari ikkita oltin va ikkita bronza — jami to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik kurashchilar Parijda o‘tkazilgan Prezident sovrini uchun xalqaro turnirda ikkita oltin va ikkita bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
17–19 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Paris Kurash Open musobaqasida dunyoning 28 mamlakatidan 100 nafardan ortiq sportchi qatnashdi. Bellashuvlar erkaklar o‘rtasida –90 va +90 kilogramm, ayollar o‘rtasida esa –70 va +70 kilogramm vazn toifalarida o‘tkazildi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet RUzKurashisti Uzbekistana zavoyevali dve zolotie medali na turnire na priz Prezidenta v Parije
Kurashisti Uzbekistana zavoyevali dve zolotie medali na turnire na priz Prezidenta v Parije - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
Kurashisti Uzbekistana zavoyevali dve zolotie medali na turnire na priz Prezidenta v Parije
O‘zbekiston vakillaridan Samandar Sadinov –90 kilogramm, Sherali Jo‘rayev esa +90 kilogramm vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Jonibek Qozoqov –90 kilogramm, Bekmurod Oltiboyev +90 kilogramm vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani to‘rtta medal bilan yakunladi.
Musobaqa Xalqaro kurash assotsiatsiyasining reyting turniri maqomiga ega. G‘olib va sovrindorlarga reyting ochkolari bilan birga pul mukofotlari ham berildi.
Har bir vazn toifasi g‘olibi 3 ming, kumush medal sohibi 2 ming, bronza medal sohiblari esa ming yevrodan mukofotlandi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 30 ming yevroni tashkil etdi.
Uzbekistanskie borsi volnogo stilya zavoyevali dve medali na chempionate Azii U20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
O‘zbekiston erkin kurashchilari U20 Osiyo chempionatida ikki medal oldi
Yangiliklar lentasi
0