https://oz.sputniknews.uz/20260725/aleksandr-fedin-59221442.html
Subtropik jaziramada o‘rmon yaratgan inson — Aleksandr Fedin
Subtropik jaziramada o‘rmon yaratgan inson — Aleksandr Fedin
Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Fedin Surxondaryo viloyatining qumli yerlariga 40-yil oldin birinchi ko‘chatlarni ekkan edi — hozir bu yer 80 gektarlik yashil vohaga aylangan. 25.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-25T13:54+0500
2026-07-25T13:54+0500
2026-07-25T14:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘rmon
“yashil makon” umummilliy loyihasi
video
surxondaryo
ekologiya
davlat ekologiya qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/19/59271141_84:0:1888:1015_1920x0_80_0_0_7d10defac32f8a5f181f6b58a06c2e68.jpg
Termiz tumani yerlari qumlar bilan qoplangan, subtropik iqlimning jazirama quyoshi ostida faqat beozor tikanlargina omon qoladi. Biroq Aleksandr Fedin uchun bu 80 gektardan ortiq maydonda haqiqiy o‘rmon ko‘kartirishga to‘sqinlik qilmadi. Jarqo‘rg‘on shaharchasida, aholi yashaydigan ko‘chalar ortida qumli, go‘yo jonsiz ufqlar ko‘rinadi. Ammo bir necha yuz metr masofani bosib o‘tgandan keyin sayyohni yashil makon va Oqtepa suv ombori kutib oladi. Aynan shu yerda, qirg‘oqda Aleksandr Grigoryevich 40-yil oldin birinchi ko‘chatlarni ekkan edi.1980 yillarning o‘rtalarida Fedin do‘stlari bilan Oqtepa sohillariga tez-tez ovga kelib turardi. O‘sha paytlarda u yerda sanoqli daraxtlar bor edi, xolos. Shunda ular bu manzarani o‘zgartirishga kirishdi.Hammasi beshta chinordan boshlangan edi. Qirq yil ichida ularning atrofida butun boshli o‘rmon paydo bo‘ldi. Bu yerda yovvoyi to‘ng‘izlar va chiyabo‘rilar yashaydi, noyob qushlar in quradi, mavsumiy ko‘chish paytida esa suv ombori qirg‘og‘ida qushlarning butun galasi qo‘nim topadi. Hatto Surxondaryoda kam uchraydigan chag‘alaylar ham bu yashil go‘shani o‘zlariga makon tutgan. Hozirda bu joy nafaqat hayvonlar uchun boshpana, balki atrofdagi hududlarni chang bo‘ronlaridan himoyalab, karbonat angidridni ushlab qoladi va havoni kislorod bilan to‘yintiradi.“Hamma ish qo‘lda qilingan – ko‘chatlar olib kelardik, tuproq quruq bo‘lgani uchun kanaldan sug‘orishga ariqlar qaziganmiz”, – deydi o‘rmonchi.Tashabbus rasmiy qo‘llab-quvvatlandi: 1989-yilda davlat Aleksandr Fedinga uning iltimosiga binoan 4 gektar yer ajratdi. Oradan bir yil o‘tib, ko‘chatlar ildiz otganda yana 80 gektar yer berildi.Daraxt ekish faqatgina birinchi qadam bo‘ldi. Ularni muntazam parvarishlab turish kerak edi. Bundan tashqari, hududni turli tajovuzkor kishilardan himoya qilish kerak bo‘ldi – qo‘shni tumanlar aholisi o‘rmonga chorva boqiladigan maydon, ba’zilari esa hatto dam olish maskani sifatida ko‘z olaytirgandi. Fedin tabiatga bunday aralashuvlarga doim qarshi bo‘lgan.Bugun o‘rmon bo‘ylab sayr qilar ekansiz, akas (akatsiya), qarag‘ay, olma daraxtlari, maymunjon, yovvoyi va bog‘ uzumlarini hamda mahalliy floraning boshqa ko‘plab turlarini uchratishingiz mumkin. Hosil yig‘ib olinadimi, degan savolga ovchi hammasi qushlarga qolishini aytdi.Aleksandr Fedinning o‘zi Tojikistonda tug‘ilgan, biroq bolaligida oilasi bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahriga ko‘chib kelgan. Shu yerda ulg‘ayib voyaga yetdi, uylandi, tokar bo‘lib ishladi, bo‘sh vaqtlarida esa do‘stlari bilan ovga chiqib turardi. Keyinroq qarindoshlari Rossiyaning Tambov shahriga ko‘chib ketishdi. Fedin ularnikiga bir necha bor mehmonga borgan bo‘lsa-da, o‘zining ona yurti uning uchun hamisha azizroq edi. Sasha amakining aytishicha, Rossiyaning tabiati, ayniqsa, bepoyon o‘rmonlari uni maftun etgan ekan. Har safar uyiga qaytganida, o‘z vatanida ham shunday yashil go‘sha yaratishni o‘ylardi.Hozir qahramonimiz 67 yoshda. U 2025-yil oxiridan xotirasini yo‘qota boshlagan. Kasallik xotiralarni asta-sekin o‘chirib borsa-da, Fedin hamon tanish so‘qmoqlarni topa oladi va onda-sonda keladigan mehmonlar uchun mamnuniyat bilan ekskursiyalar o‘tkazadi.Yaqinlari ketganidan keyin Fedinning yonida faqat do‘sti Abrahmat Allanazarov qoldi. U har kuni do‘stini o‘rmonga kuzatib boradi, kechqurun esa o‘z uyiga olib ketib, g‘amxo‘rlik qilib, e’tibor ko‘rsatadi. Abrahmatning oilasida Sasha amakini ancha vaqtdan beri o‘zlarinikidek qabul qilishgan.Aleksandr Grigoryevichning shaxsiy uyi bo‘lmagan, faqat ko‘kalamzorlar orasida bir uychasi bor edi, hozir uni yangilashmoqda. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu voqeaga aralashdi: eski, odatiy joyda yangi uy qurib berildi va yashash uchun tayyorlanmoqda. Psixolog esa haftasiga bir necha marta unga yana to‘laqonli hayot kechirishni o‘rganishga yordam berapti.Uning yaqin do‘sti Abrahmat faqat bir narsani— do‘stining yonida yana yaqinlari bo‘lishini orzu qiladi. U Sputnik muxbiriga bergan intervyusida qarindoshlariga murojaat qildi:Aleksandr Fedinning hikoyasi bugun sayyoramiz uchun qanchalik foydali ish qilganimiz haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi. Biz ko‘pincha hayotimiz yaxshi tomonga o‘zgarishini istaymiz-u, lekin yolg‘iz o‘zimiz eplay olmaslikdan qo‘rqib, taraqqiyot yo‘lida biror narsa qilishga kamdan-kam jur’at etamiz. Biroq foydali o‘rnak ham “yuqumli” bo‘lishi mumkin.
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/19/59271141_309:0:1662:1015_1920x0_80_0_0_5c3656738ae13809895f15967ff7e0c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, o‘rmon, “yashil makon” umummilliy loyihasi, video, video, surxondaryo, ekologiya , davlat ekologiya qo‘mitasi
jamiyat, o‘zbekiston, o‘rmon, “yashil makon” umummilliy loyihasi, video, video, surxondaryo, ekologiya , davlat ekologiya qo‘mitasi
Subtropik jaziramada o‘rmon yaratgan inson — Aleksandr Fedin
13:54 25.07.2026 (yangilandi: 14:34 25.07.2026) Eksklyuziv
Aleksandr Fedin Surxondaryo viloyatining qumli yerlariga 40-yil oldin birinchi ko‘chatlarni ekkan edi — hozir bu yer 80 gektarlik yashil vohaga aylangan.
Termiz tumani yerlari qumlar bilan qoplangan, subtropik iqlimning jazirama quyoshi ostida faqat beozor tikanlargina omon qoladi. Biroq Aleksandr Fedin uchun bu 80 gektardan ortiq maydonda haqiqiy o‘rmon ko‘kartirishga to‘sqinlik qilmadi.
Jarqo‘rg‘on shaharchasida, aholi yashaydigan ko‘chalar ortida qumli, go‘yo jonsiz ufqlar ko‘rinadi. Ammo bir necha yuz metr masofani bosib o‘tgandan keyin sayyohni yashil makon va Oqtepa suv ombori kutib oladi. Aynan shu yerda, qirg‘oqda Aleksandr Grigoryevich 40-yil oldin birinchi ko‘chatlarni ekkan edi.
1980 yillarning o‘rtalarida Fedin do‘stlari bilan Oqtepa sohillariga tez-tez ovga kelib turardi. O‘sha paytlarda u yerda sanoqli daraxtlar bor edi, xolos. Shunda ular bu manzarani o‘zgartirishga kirishdi.
Hammasi beshta chinordan boshlangan edi. Qirq yil ichida ularning atrofida butun boshli o‘rmon paydo bo‘ldi. Bu yerda yovvoyi to‘ng‘izlar va chiyabo‘rilar yashaydi, noyob qushlar in quradi, mavsumiy ko‘chish paytida esa suv ombori qirg‘og‘ida qushlarning butun galasi qo‘nim topadi.
Hatto Surxondaryoda kam uchraydigan chag‘alaylar ham bu yashil go‘shani o‘zlariga makon tutgan. Hozirda bu joy nafaqat hayvonlar uchun boshpana, balki atrofdagi hududlarni chang bo‘ronlaridan himoyalab, karbonat angidridni ushlab qoladi va havoni kislorod bilan to‘yintiradi.
“Mahalliy ovchilar bilan yig‘ilib, hashar uyushtirardik. Osh damlab, kuniga 100 tupdan daraxt ekardik. Har yakshanba shunday edi”, – deydi o‘rmonchining vafodor do‘sti Abrahmat Allanazarov.
“Hamma ish qo‘lda qilingan – ko‘chatlar olib kelardik, tuproq quruq bo‘lgani uchun kanaldan sug‘orishga ariqlar qaziganmiz”, – deydi o‘rmonchi.
Tashabbus rasmiy qo‘llab-quvvatlandi: 1989-yilda davlat Aleksandr Fedinga uning iltimosiga binoan 4 gektar yer ajratdi. Oradan bir yil o‘tib, ko‘chatlar ildiz otganda yana 80 gektar yer berildi.
Daraxt ekish faqatgina birinchi qadam bo‘ldi. Ularni muntazam parvarishlab turish kerak edi. Bundan tashqari, hududni turli tajovuzkor kishilardan himoya qilish kerak bo‘ldi – qo‘shni tumanlar aholisi o‘rmonga chorva boqiladigan maydon, ba’zilari esa hatto dam olish maskani sifatida ko‘z olaytirgandi. Fedin tabiatga bunday aralashuvlarga doim qarshi bo‘lgan.
Bugun o‘rmon bo‘ylab sayr qilar ekansiz, akas (akatsiya), qarag‘ay, olma daraxtlari, maymunjon, yovvoyi va bog‘ uzumlarini hamda mahalliy floraning boshqa ko‘plab turlarini uchratishingiz mumkin. Hosil yig‘ib olinadimi, degan savolga ovchi hammasi qushlarga qolishini aytdi.
Aleksandr Fedinning o‘zi Tojikistonda tug‘ilgan, biroq bolaligida oilasi bilan Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on shahriga ko‘chib kelgan. Shu yerda ulg‘ayib voyaga yetdi, uylandi, tokar bo‘lib ishladi, bo‘sh vaqtlarida esa do‘stlari bilan ovga chiqib turardi. Keyinroq qarindoshlari Rossiyaning Tambov shahriga ko‘chib ketishdi. Fedin ularnikiga bir necha bor mehmonga borgan bo‘lsa-da, o‘zining ona yurti uning uchun hamisha azizroq edi. Sasha amakining aytishicha, Rossiyaning tabiati, ayniqsa, bepoyon o‘rmonlari uni maftun etgan ekan. Har safar uyiga qaytganida, o‘z vatanida ham shunday yashil go‘sha yaratishni o‘ylardi.
Aleksandr Fedin bir qator munosib mukofotlar bilan taqdirlangan – 2023-yilda unga “Tabiat himoyachisi”ko‘krak nishoni, 2025-yilda esa “Do‘stlik” ordeni topshirilgan.
Hozir qahramonimiz 67 yoshda. U 2025-yil oxiridan xotirasini yo‘qota boshlagan. Kasallik xotiralarni asta-sekin o‘chirib borsa-da, Fedin hamon tanish so‘qmoqlarni topa oladi va onda-sonda keladigan mehmonlar uchun mamnuniyat bilan ekskursiyalar o‘tkazadi.
Yaqinlari ketganidan keyin Fedinning yonida faqat do‘sti Abrahmat Allanazarov qoldi. U har kuni do‘stini o‘rmonga kuzatib boradi, kechqurun esa o‘z uyiga olib ketib, g‘amxo‘rlik qilib, e’tibor ko‘rsatadi. Abrahmatning oilasida Sasha amakini ancha vaqtdan beri o‘zlarinikidek qabul qilishgan.
Aleksandr Grigoryevichning shaxsiy uyi bo‘lmagan, faqat ko‘kalamzorlar orasida bir uychasi bor edi, hozir uni yangilashmoqda. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bu voqeaga aralashdi: eski, odatiy joyda yangi uy qurib berildi va yashash uchun tayyorlanmoqda. Psixolog esa haftasiga bir necha marta unga yana to‘laqonli hayot kechirishni o‘rganishga yordam berapti.
Uning yaqin do‘sti Abrahmat faqat bir narsani— do‘stining yonida yana yaqinlari bo‘lishini orzu qiladi. U Sputnik muxbiriga bergan intervyusida qarindoshlariga murojaat qildi:
“Bizga hech narsa kerak emas. Hozir uyi ham, boshqa hamma narsasi ham bor. Sasha akaning oldiga kelinglar”.
Aleksandr Fedinning hikoyasi bugun sayyoramiz uchun qanchalik foydali ish qilganimiz haqida o‘ylab ko‘rishga undaydi. Biz ko‘pincha hayotimiz yaxshi tomonga o‘zgarishini istaymiz-u, lekin yolg‘iz o‘zimiz eplay olmaslikdan qo‘rqib, taraqqiyot yo‘lida biror narsa qilishga kamdan-kam jur’at etamiz. Biroq foydali o‘rnak ham “yuqumli” bo‘lishi mumkin.