Toshkentda Rossiya harbiy-dengiz flotining 330-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Obuna bo‘lish
Teleko‘prik formatidagi tadbir ikki mamlakatning to‘rtta shahridan tarixchilar, olimlar, muzey xodimlari, harbiy-dengiz floti faxriylari va yoshlarni birlashtirdi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Toshkentdagi Rus uyida Rossiya harbiy-dengiz flotining 330-yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Moskva, Sankt-Peterburg, Murmansk va Toshkent shaharlaridan ishtirokchilar hamda ma’ruzachilarni birlashtirgan teleko‘prik formatida tashkil etildi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
Tadbirning asosiy maydoni Sankt-Peterburgdagi imperator Buyuk Potr nomidagi Markaziy harbiy-dengiz muzeyi bo‘ldi. Uning direktori Ruslan Nexay o‘z tabrik nutqida bunday tadbirlar mamlakatlar orasidagi hamkorlikni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
“Bizning xalqlarimizni — Rossiya va O‘zbekiston fuqarolarini yaqinlashtirish yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlarimiz ularning bir-biriga nisbatan yanada yaxshiroq va samimiyroq munosabatda bo‘lishiga xizmat qiladi”, — dedi u.
U dunyodagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lgan, yettita filialga ega Markaziy harbiy-dengiz muzeyi, uning fondi va asosiy eksponati — Buyuk Potr botigi haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u flot muzeylari tashabbusi bilan Harbiy-dengiz muzeylari assotsiatsiyasi tashkil etilgani va hozirda unga 177 nafar a’zo kirishini ma’lum qildi.
“Assotsiatsiya kengaymoqda. Qilayotgan ishlarimiz keng e’tirof va hurmatga sazovor bo‘lmoqda. Bizga do‘st bo‘lgan O‘zbekistondagi tashkilotlar va muzeylar ham assotsiatsiyamizga qo‘shilishi mumkin deb umid qilamiz, chunki u amalda xalqaro maqomga ega bo‘ldi”, — dedi u.
Harbiy-dengiz floti Harbiy-o‘quv ilmiy markazining “Harbiy-dengiz akademiyasi” huzuridagi “Suvosti floti tarixi” muzeyi mudiri, asli o‘zbekistonlik Ilhom Ismatullayev bolaligidan harbiy bo‘lishni orzu qilgani, qanday qilib harbiy dengizchiga aylangani va nima uchun o‘z kasbiga mehr qo‘ygani haqida gapirib berdi.
© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
Shuningdek, videoaloqa orqali Murmanskdagi Shimoliy flot Harbiy-dengiz muzeyi mudirasi Natalya Dzenisova, Moskvadagi “Rossiya Qahramoni T. A. Apakidze nomidagi dengiz aviatsiyasi rivojlanishi tarixi” muzeyining (1383-sonli maktab) pedagog-tashkilotchisi Alla Kansiber va muzey jamoatchilik kengashi raisi Marina Aksonova so‘zga chiqdi.
Toshkentdagi Rus uyida o‘tkazilgan tadbirda olimlar va tarixchilar, muzey hamjamiyati, ta’lim muassasalari vakillari, Harbiy-dengiz floti faxriylari, o‘quvchilar, yoshlar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
Vladimir Truxachov Rossiyaning buyuk dengiz davlati sifatida shakllanishi, Vasiliy Kosteskiy esa Shimoliy dengiz yo‘lining bugungi holati haqida gapirib berdi. Ayniqsa, Ravshan Nazarovning Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi o‘zbekistonlik dengizchilar haqidagi ma’ruzasi juda hissiyotlarga boy bo‘ldi.
© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
Tadbir so‘ngida turli yillarda Boltiq flotida xizmat qilgan Mixail Tatarnikov va Sa’dulla Nosirov o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
© Sputnik / Aleksandra TerexinaV Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
V Tashkente proshel krugliy stol, posvashenniy 330-letiyu voyenno-morskogo flota Rossii
Yangiliklar lentasi
0