Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyada Ukrainadagi maqsadlariga har qanday holatda erishadi – Lavrov

© Sputnik / Kirill Zikov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya TIVning ta’kidlashicha, AQSh Alyaskadagi sammitda erishilgan Ukraina bo‘yicha tushunchalarga munosabatini o‘zgartirgani ayon bo‘lmoqda.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Rossiya Ukrainadagi mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilishni afzal biladi, biroq har qanday holatda o‘z maqsadlariga erishadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“Agar chuqurroq olib qaraydigan bo‘lsak, Makron (Fransiya prezidenti Emmanyuel) oshkora ravishda endi hech qanday Ankorij, hech qanday tushunish yo‘qligi, “Amerika yana biz bilan” deb aytdi. Ukraina tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Andrey Sibiga esa dedi: “Biz Ankorij kelishuvlarini yo‘q qildik”, - dedi Rossiya TIV rahbari.

“Agar bu amerikaliklar qo‘shilayogan fikrlar bo‘lsa, biz nima ham qila olardik? Albatta, biz bir necha marta siyosiy-diplomatik yo‘llar bilan hal qilishni afzal bilishimizni aytganmiz, biroq o‘z maqsadlarimizga har qanday holatda erishamiz”, - dedi Lavrov.
Rossiya vaziri AQSh Alyaskadagi sammitda erishilgan Ukraina bo‘yicha tushunchalarga munosabatini o‘zgartirganini bildirdi. Har holda bu AQSh davlat kotibi Marko Rubio so‘zlaridan ma’lum bo‘lgan.
"Bizning vijdonimiz pok. Bilasizmi, aytishadiku, yigitning so‘zi: yigit aytdi – yigit bajardi. Biz aytdik – biz tayyormiz. Bu yondashuv, Rubioning iqtibosiga ko‘ra, o‘zgartirgan. Ammo prezident Vladimir Putin tomonidan 2024-yil iyunida qo‘yilgan vazifalar, u bir necha bor ta’kidlaganidek, bajariladi”, - dedi Lavrov jurnalistlarga
Sammit Rossii i SShA na Alyaske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: Rossiya va AQSh “Alyaskadagi kelishuvlar doirasida qolmoqda”
Yangiliklar lentasi
0