https://oz.sputniknews.uz/20260724/ozbekiston-tarixi-davlat-muzeyi-59258085.html
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z eshigini ochdi – video
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z eshigini ochdi – video
Sputnik O‘zbekiston
To‘rt qavatda O‘zbekistonning paleolit davridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixi ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Uchinchi qavat butunligicha qadimgi davrga, ya’ni paleolit, tosh davridan boshlab Ikkinchi Renessans – Temuriylar hukmronligi bo‘lgan davrgacha bag‘ishlangan. To‘rtinchi qavat esa uch xonlikdan boshlanib, bizning davrimiz – Mustaqil O‘zbekiston bilan yakunlanadi.
2026-07-24T19:02+0500
2026-07-24T19:02+0500
2026-07-24T19:02+0500
video
muzey
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/18/59257906_48:0:1852:1015_1920x0_80_0_0_2be8fd01dfc9821f9a88b654335a71f8.jpg
Muzey 2024-yilda ta’mirlash uchun yopilgan edi. Ikki yil davomida professional tarixchilardan iborat jamoa turkiyalik dizaynerlar kompaniyasi bilan hamkorlikda ekspozitsiyaga yangicha ruh bag‘ishlab, maydonni zamonaviy interaktiv muzeyga aylantirdi. Endi bu yerda tarix nafaqat eksponatlar, balki yorug‘lik, ovoz va raqamli texnologiyalar vositasida ham hikoya qilinadi.Ochilish kuni muzey ostonasida uzun navbat yig‘ildi. O‘tmishdan bahra olish uchun bolali oilalar, maktab o‘quvchilari va keksalar ham tashrif buyurdi.Muzey tashrif buyuruvchilarni mayin, iliq nur bilan qarshi olib, eng asosiysi – tarixiy ashyolarni yoritib turadi. To‘rt qavatda O‘zbekistonning paleolit davridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixi ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Uchinchi qavat butunligicha qadimgi davrga, ya’ni paleolit, tosh davridan boshlab Ikkinchi Renessans – Temuriylar hukmronligi bo‘lgan davrgacha bag‘ishlangan. To‘rtinchi qavat esa uch xonlikdan boshlanib, bizning davrimiz – Mustaqil O‘zbekiston bilan yakunlanadi.Zallar devorlarida keng miqyosli multimedia proyeksiyalari jonlanadi: qadimiy shaharlar, me’moriy obidalar, karvon yo‘llari va turli davrlarning asosiy voqealari makonning bir qismiga aylanib, tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixini gavdalantiradi.Yangilangan muzeyning eng g‘aroyib qismlaridan biri ko‘zguli multimedia xonasi bo‘ldi. Ko‘zgusimon yuzalar sharofati bilan tasvirlar insonni har tomondan qurshab olib, to‘laqonli ishtirok etish hissini yaratadi. Bu yerda O‘zbekistonning turli davrlariga bag‘ishlangan va bir-birini almashtirib turuvchi vizual hikoyalar namoyish etiladi.Har bir peshtaxtada uch tilda izoh berilgan lavhacha bor. Muzey bo‘ylab bunday ekskursiyadan so‘ng, o‘tmishga sayohat qilish uchun tarix darsligini yana qo‘lga olgingiz keladi.Muzeyda madaniy hordiq paytida nimalarni tomosha qilish mumkinligi — Sputnik muxbiri videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/18/59257906_273:0:1626:1015_1920x0_80_0_0_5d1d49920694d97cb807c4a71119a7f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, muzey, o‘zbekiston, video
video, muzey, o‘zbekiston, video
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun yana o‘z eshigini ochdi – video
Eksklyuziv
Neandertal bola bosh suyagidan tortib hujjatlarning asl nusxalarigacha — ikki yillik rekonstruksiyadan keyin Toshkentda O‘zbekiston tarixi muzeyi o‘z eshiklarini yana ochdi.
Muzey 2024-yilda ta’mirlash uchun yopilgan edi. Ikki yil davomida professional tarixchilardan iborat jamoa turkiyalik dizaynerlar kompaniyasi bilan hamkorlikda ekspozitsiyaga yangicha ruh bag‘ishlab, maydonni zamonaviy interaktiv muzeyga aylantirdi. Endi bu yerda tarix nafaqat eksponatlar, balki yorug‘lik, ovoz va raqamli texnologiyalar vositasida ham hikoya qilinadi.
Ochilish kuni muzey ostonasida uzun navbat yig‘ildi. O‘tmishdan bahra olish uchun bolali oilalar, maktab o‘quvchilari va keksalar ham tashrif buyurdi.
“Bizga har xil tashrif buyuruvchilar keladi. Hatto bolalar bog‘chasidan ham kelishadi. Uyidan chiqish unchalik qulay bo‘lmasa ham, kelib, tashrifidan afsuslanmaydigan keksalarimiz ham bor”, — dedi O‘zbekiston tarixi muzeyi Turizm va marketing bo‘limining yetakchi mutaxassisi Alfiya Gazizova.
Muzey tashrif buyuruvchilarni mayin, iliq nur bilan qarshi olib, eng asosiysi – tarixiy ashyolarni yoritib turadi. To‘rt qavatda O‘zbekistonning paleolit davridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixi ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Uchinchi qavat butunligicha qadimgi davrga, ya’ni paleolit, tosh davridan boshlab Ikkinchi Renessans – Temuriylar hukmronligi bo‘lgan davrgacha bag‘ishlangan. To‘rtinchi qavat esa uch xonlikdan boshlanib, bizning davrimiz – Mustaqil O‘zbekiston bilan yakunlanadi.
Zallar devorlarida keng miqyosli multimedia proyeksiyalari jonlanadi: qadimiy shaharlar, me’moriy obidalar, karvon yo‘llari va turli davrlarning asosiy voqealari makonning bir qismiga aylanib, tashrif buyuruvchilar ko‘z o‘ngida O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixini gavdalantiradi.
Yangilangan muzeyning eng g‘aroyib qismlaridan biri ko‘zguli multimedia xonasi bo‘ldi. Ko‘zgusimon yuzalar sharofati bilan tasvirlar insonni har tomondan qurshab olib, to‘laqonli ishtirok etish hissini yaratadi. Bu yerda O‘zbekistonning turli davrlariga bag‘ishlangan va bir-birini almashtirib turuvchi vizual hikoyalar namoyish etiladi.
Har bir peshtaxtada uch tilda izoh berilgan lavhacha bor. Muzey bo‘ylab bunday ekskursiyadan so‘ng, o‘tmishga sayohat qilish uchun tarix darsligini yana qo‘lga olgingiz keladi.
Muzeyda madaniy hordiq paytida nimalarni tomosha qilish mumkinligi —
Sputnik muxbiri videosida.