2026-2029 yillarda O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari qanday o‘zgaradi

Obuna bo‘lish
2029 yilga borib konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 852 trln so‘mga yetishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning 2027-2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyasiga ko‘ra, mamlakat konsolidatsiyalashgan budjeti hajmi o‘rta muddatli istiqbolda bosqichma-bosqich oshiriladi.

Hujjatda budjetning daromad va xarajatlar qismi o‘sishi nazarda tutilgan:
2026 yilda budjet daromadlari qariyb 590 trln so‘m, xarajatlari esa 638 trln so‘m darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
2027 yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 586 trln va 654 trln so‘mni tashkil etadi.
2028 yilga borib daromadlar 665 trln so‘m, xarajatlar esa 741 trln so‘m darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
2029 yilda ular mos ravishda 766 trln va 852 trln so‘mga yetadi.
Konsolidatsiyalashgan budjetning 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan prognozlari makro-fiskal barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar, jumladan, umumiy fiskal taqchillikni YaIMga nisbatan 3 foizdan oshirmaslik vazifasidan kelib chiqib shakllantirildi
Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari va xarajatlari dinamikasi – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0