YeOII banklarining aktivlari 2,9 trln dollarga yetdi
17:56 24.07.2026 (yangilandi: 17:59 24.07.2026)

© Sputnik / Nina Zotina
Obuna bo‘lish
2025 yilda ittifoq mamlakatlari banklarining umumiy aktivlari 2024-yilga nisbatan 36,1% ga oshgan.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) banklarining aktivlari 2,9 trln dollarga yetdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda ittifoq mamlakatlari banklarining umumiy aktivlari 2024-yilga nisbatan 36,1% ga oshgan.
Eng katta o‘sish Qirg‘izistonda qayd etildi — bank aktivlari 47,8% ga oshib, 13,9 mlrd dollarga yetgan.
Keyingi o‘rinda Rossiya turibdi — uning bank aktivlari 37,3% ga o‘sib, 2,7 trln dollarni tashkil etgan.
Eng katta o‘sish Qirg‘izistonda qayd etildi — bank aktivlari 47,8% ga oshib, 13,9 mlrd dollarga yetgan.
Keyingi o‘rinda Rossiya turibdi — uning bank aktivlari 37,3% ga o‘sib, 2,7 trln dollarni tashkil etgan.
Ittifoqning qolgan mamlakatlarida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Belarus — o‘sish – 32,4% (56,2 mlrd dollar);
Qozog‘iston — o‘sish – 19,8% (140,8 mlrd dollar);
Armaniston — o‘sish – 19.7% (33,3 mlrd dollar);
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

