https://oz.sputniknews.uz/20260723/houthis-saudi-arabia-tanker-hujum-59222313.html
Husiylarning Saudiya Arabistoni tankerlariga hujumidan so‘ng neft narxi keskin oshdi
Husiylarning Saudiya Arabistoni tankerlariga hujumidan so‘ng neft narxi keskin oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Husiylar Qizil dengizda Saudiyaning ikki neft tankeriga raketa va dronlar bilan hujum qilganini bildirdi. Shundan so‘ng Brent nefti narxi 99 dollarga yaqinlashdi.
2026-07-23T15:53+0500
2026-07-23T15:53+0500
2026-07-23T16:04+0500
narx-navo
saudiya arabistoni
yaman
suvaysh kanali
dunyo yangiliklari
dunyoda
neft
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59222134_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_6a815838bc1c2d1745077e2fb8d684bf.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan "Ansorulloh" harbiy-siyosiy harakati — husiylar Qizil dengizda Saudiya Arabistonining ikkita neft tankeriga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi."Ansorulloh"ga ko‘ra, Encelia va Layla tankerlari husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi joriy etgan dengiz qamalini buzgan.Husiylarning ta’kidlashicha, hujumda ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dronlardan foydalanilgan. Harakat har ikki nishonga zarba berilgani va tankerlarda yong‘in chiqqanini da’vo qilmoqda.Hujum haqidagi xabarlar va Yaqin Sharqdagi umumiy keskinlik ortidan jahon bozorida neft narxi keskin oshdi. Brent markali neft 4,8 foizga qimmatlab, bir barrel uchun 98,59 dollarga, WTI esa 3,9 foizga o‘sib, 90,22 dollarga yetdi.Bozor ishtirokchilari endi nafaqat Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, balki Qizil dengizga chiqish yo‘lidagi Bob al Mandab bo‘g‘ozida ham neft tashish izdan chiqishidan xavotirda. Husiylar hujumi jahon neft ta’minoti uchun ikkinchi muhim dengiz yo‘lagida xavfni kuchaytirdi.Hujumdan oldin ham Saudiya neftini tashiyotgan ayrim tankerlar husiylarning ogohlantirishidan so‘ng Qizil dengizda ortga qaytgan edi.Qizil dengiz yo‘li yopilsa, kemalar Afrikani aylanib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu yetkazib berish muddatini hamda transport va sug‘urta xarajatlarini oshiradi. "Goldman Sachs" Ho‘rmuzdagi uzilishlar davom etib, Qizil dengiz va Suvaysh kanalidagi harakat ham cheklansa, neft narxi 120 dollardan oshishi mumkinligini istisno etmayapti.
https://oz.sputniknews.uz/20260620/eron-yana-hormuz-bogozini-yopdi-58478322.html
saudiya arabistoni
suvaysh kanali
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/17/59222134_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_6befbf46f74e416ef3a3c4402f7b7205.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narx-navo, saudiya arabistoni, yaman, suvaysh kanali, dunyo yangiliklari, dunyoda, neft
narx-navo, saudiya arabistoni, yaman, suvaysh kanali, dunyo yangiliklari, dunyoda, neft
Husiylarning Saudiya Arabistoni tankerlariga hujumidan so‘ng neft narxi keskin oshdi
15:53 23.07.2026 (yangilandi: 16:04 23.07.2026) Brent markali neft 4,8 foizga qimmatlab, bir barrel uchun 98,59 dollarga, WTI esa 3,9 foizga o‘sib, 90,22 dollarga yetdi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Yaman shimolida hukmronlik qilayotgan "Ansorulloh" harbiy-siyosiy harakati — husiylar Qizil dengizda Saudiya Arabistonining ikkita neft tankeriga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
"Ansorulloh"ga ko‘ra, Encelia va Layla tankerlari husiylar Saudiya Arabistoniga qarshi joriy etgan dengiz qamalini buzgan.
"Biz Qizil dengizda kema qatnovi taqiqini buzgan Saudiya Arabistonining ikkita neft tankerini nishonga olgan maxsus harbiy operatsiya o‘tkazdik", — deyiladi harakat bayonotida.
Husiylarning ta’kidlashicha, hujumda ballistik va qanotli raketalar, shuningdek, dronlardan foydalanilgan. Harakat har ikki nishonga zarba berilgani va tankerlarda yong‘in chiqqanini da’vo qilmoqda.
Hujum haqidagi xabarlar va Yaqin Sharqdagi umumiy keskinlik ortidan jahon bozorida neft narxi keskin oshdi. Brent markali neft 4,8 foizga qimmatlab, bir barrel uchun 98,59 dollarga, WTI esa 3,9 foizga o‘sib, 90,22 dollarga yetdi.
Bozor ishtirokchilari endi nafaqat Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, balki Qizil dengizga chiqish yo‘lidagi Bob al Mandab bo‘g‘ozida ham neft tashish izdan chiqishidan xavotirda. Husiylar hujumi jahon neft ta’minoti uchun ikkinchi muhim dengiz yo‘lagida xavfni kuchaytirdi.
Hujumdan oldin ham Saudiya neftini tashiyotgan ayrim tankerlar husiylarning ogohlantirishidan so‘ng Qizil dengizda ortga qaytgan edi.
Qizil dengiz yo‘li yopilsa, kemalar Afrikani aylanib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bu yetkazib berish muddatini hamda transport va sug‘urta xarajatlarini oshiradi.
Tahlilchilarga ko‘ra, Osiyoga yo‘l olgan kuniga 3 million barreldan ortiq Saudiya nefti uzoqroq yo‘nalishlarga o‘tkazilishi mumkin.
"Goldman Sachs" Ho‘rmuzdagi uzilishlar davom etib, Qizil dengiz va Suvaysh kanalidagi harakat ham cheklansa, neft narxi 120 dollardan oshishi mumkinligini istisno etmayapti.