https://oz.sputniknews.uz/20260723/cis-havo-harakat-uygunlashtirish-reja-59205447.html
MDH havo harakatini boshqarish tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy reja tayyorlamoqda
MDH havo harakatini boshqarish tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy reja tayyorlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
MDH davlatlari havo harakatini tashkil etish bo‘yicha milliy tizimlarni uyg‘unlashtirmoqchi. Loyiha parvozlar xavfsizligi, muntazamligi va tejamkorligini oshirish, raqamli boshqaruv va xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan.
2026-07-23T10:01+0500
2026-07-23T10:01+0500
2026-07-23T10:09+0500
mdh
hamkorlik
aviaparvozlar
qishloq xo‘jaligi
raqamli texnologiyalar
oziq-ovqat
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38669552_0:100:1920:1180_1920x0_80_0_0_0a459b6418ee7d7761cac5fc8460ac3c.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. MDH doirasida havo harakatini tashkil etish milliy tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti xabar berdi.Tegishli chora-tadbirlar rejasi loyihasi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi. Hujjat fuqaro aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini oshirish, havo hududidan samarali foydalanish va havo harakatiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan.Har bir davlat o‘z ehtiyojlari va foydalanish talablaridan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishdagi milliy rejalarini yangilashi mumkin bo‘ladi.Tashabbus amalga oshirilsa, fuqaro aviatsiyasi parvozlarining xavfsizligi, muntazamligi va tejamkorligini oshirish, aviakompaniyalar hamda dispetcherlik xizmatlari o‘rtasidagi muvofiqlashuvni kuchaytirish kutilmoqda. Bu MDH davlatlari havo hududidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga ham ta’sir qiladi.Hisobotga ko‘ra, 2023–2025 yillarda ushbu yo‘nalishlarda 20 tadan ortiq masala ko‘rib chiqilgan.Hujjatlar MDH Iqtisodiy kengashi va Hukumat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi 23-sentabrda bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/uzbekistan-cis-mehnat-migratsiya-hamkorlik-58728472.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/07/38669552_226:0:1757:1149_1920x0_80_0_0_999abc02681db712bc66fcbf9c8d47d6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, hamkorlik, aviaparvozlar, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, oziq-ovqat, iqtisod
mdh, hamkorlik, aviaparvozlar, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, oziq-ovqat, iqtisod
MDH havo harakatini boshqarish tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha umumiy reja tayyorlamoqda
10:01 23.07.2026 (yangilandi: 10:09 23.07.2026) MDH davlatlari havo harakati tizimlarini uyg‘unlashtirish, parvozlar xavfsizligi va xizmat sifatini yanada oshirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. MDH doirasida havo harakatini tashkil etish milliy tizimlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasining Iqtisodiy hamkorlik departamenti
xabar berdi.
Tegishli chora-tadbirlar rejasi loyihasi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi. Hujjat fuqaro aviatsiyasi parvozlari xavfsizligini oshirish, havo hududidan samarali foydalanish va havo harakatiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Loyihada axborotlashtirish, avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, milliy havo harakati tizimlarini bosqichma-bosqich takomillashtirish nazarda tutilgan.
Har bir davlat o‘z ehtiyojlari va foydalanish talablaridan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishdagi milliy rejalarini yangilashi mumkin bo‘ladi.
Tashabbus amalga oshirilsa, fuqaro aviatsiyasi parvozlarining xavfsizligi, muntazamligi va tejamkorligini oshirish, aviakompaniyalar hamda dispetcherlik xizmatlari o‘rtasidagi muvofiqlashuvni kuchaytirish kutilmoqda. Bu MDH davlatlari havo hududidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligiga ham ta’sir qiladi.
Yig‘ilishda, shuningdek, MDH davlatlarining oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘zaro savdosi, fitosanitariya, naslchilik, akvakultura va agrar kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorligi muhokama qilindi.
Hisobotga ko‘ra, 2023–2025 yillarda ushbu yo‘nalishlarda 20 tadan ortiq masala ko‘rib chiqilgan.
Hujjatlar MDH Iqtisodiy kengashi va Hukumat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. Komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi 23-sentabrda bo‘lib o‘tadi.