https://oz.sputniknews.uz/20260723/cbu-valyuta-sharh-59217214.html
Pul o‘tkazmalari eksport tushumiga yaqinlashdi — Markaziy bankning valyuta bozori bo‘yicha sharhi
Pul o‘tkazmalari eksport tushumiga yaqinlashdi — Markaziy bankning valyuta bozori bo‘yicha sharhi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda valyuta taklifi 31 foizga, talab 20 foizga o‘sdi. So‘m kursi "suzuvchi" deb baholandi. Bu nimani anglatadi va valyuta bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
2026-07-23T13:28+0500
2026-07-23T13:28+0500
2026-07-23T13:28+0500
dollar
valyuta kurslari
valyuta
iqtisod
sharh
bank
pul jo‘natmalari
markaziy bank
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/11/45713105_0:86:1292:813_1920x0_80_0_0_0beece3e70bc2987e98322b7dd416eec.jpg
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ichki valyuta bozorida taklif talabga nisbatan tezroq o‘sdi, so‘m kursi esa yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra yil boshidagi darajada qoldi. Bu haqda Markaziy bankning 2026-yil I yarim yillik bo‘yicha sharhida ma’lum qilindi.Yanvar–iyun oylarida xorijiy valyutaga umumiy talab 20 foizga oshib, qariyb 32 mlrd dollarni tashkil etdi. Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda taklif esa 31 foizga o‘sib, 27,8 mlrd dollarga yetdi.Bozordagi qo‘shimcha taklifning muhim manbalaridan biri aholi bo‘ldi. Jismoniy shaxslar banklarga 12,3 mlrd dollar sotib, 6,8 mlrd dollar xarid qildi. Natijada ijobiy saldo 5,5 mlrd dollarni tashkil etdi.Birinchi yarim yillikda dollar kursi 11 935–12 320 so‘m oralig‘ida tebrandi va davr oxirida 12 009 so‘mni tashkil etdi.Eng muhim o‘zgarish — Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonda amaldagi almashuv kursi rejimini "sudraluvchi"dan "suzuvchi"ga qayta tasnifladi.Ya’ni avval kursning bosqichma-bosqich va nisbatan nazorat ostida o‘zgarishi qayd etilgan bo‘lsa, endilikda uning bozordagi talab va taklif ta’sirida erkinroq shakllanayotgani e’tirof etildi.XVJ kurs moslashuvchanligini saqlash tashqi shoklarni yumshatish, zaxiralarni muhofaza qilish va inflyatsion targetlash samaradorligi uchun muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, tadbirkorlarga valyuta kursi keskin o‘zgarganda ehtimoliy zararni kamaytirish imkonini beradigan moliyaviy vositalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260525/aholi-banklar-dollar-sotuv-57840596.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/11/45713105_46:0:1246:900_1920x0_80_0_0_dd13800c39e917310b913b54beaf7c62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dollar, valyuta kurslari, valyuta, iqtisod, sharh, bank, pul jo‘natmalari, markaziy bank, o‘zbekiston
dollar, valyuta kurslari, valyuta, iqtisod, sharh, bank, pul jo‘natmalari, markaziy bank, o‘zbekiston
Pul o‘tkazmalari eksport tushumiga yaqinlashdi — Markaziy bankning valyuta bozori bo‘yicha sharhi
Yanvar–iyun oylarida ichki bozorda sotuvga chiqarilgan xorijiy valyuta hajmi unga bo‘lgan talabdan tezroq o‘sdi. Bu so‘m kursining barqaror qolishiga xizmat qildi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zbekiston ichki valyuta bozorida taklif talabga nisbatan tezroq o‘sdi, so‘m kursi esa yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra yil boshidagi darajada qoldi. Bu haqda Markaziy bankning 2026-yil I yarim yillik bo‘yicha sharhida
ma’lum qilindi.
Yanvar–iyun oylarida xorijiy valyutaga umumiy talab 20 foizga oshib, qariyb 32 mlrd dollarni tashkil etdi. Markaziy bank operatsiyalarini hisobga olmagan holda taklif esa 31 foizga o‘sib, 27,8 mlrd dollarga yetdi.
Bozordagi qo‘shimcha taklifning muhim manbalaridan biri aholi bo‘ldi. Jismoniy shaxslar banklarga 12,3 mlrd dollar sotib, 6,8 mlrd dollar xarid qildi. Natijada ijobiy saldo 5,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatga 9,3 mlrd dollar kelib tushdi, 1,3 mlrd dollar chiqib ketdi. Korxonalarning eksport tushumlari esa 30 foizga oshib, 10,1 mlrd dollarga yetdi.
Birinchi yarim yillikda dollar kursi 11 935–12 320 so‘m oralig‘ida tebrandi va davr oxirida 12 009 so‘mni tashkil etdi.
Eng muhim o‘zgarish — Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonda amaldagi almashuv kursi rejimini "sudraluvchi"dan "suzuvchi"ga qayta tasnifladi.
Ya’ni avval kursning bosqichma-bosqich va nisbatan nazorat ostida o‘zgarishi qayd etilgan bo‘lsa, endilikda uning bozordagi talab va taklif ta’sirida erkinroq shakllanayotgani e’tirof etildi.
XVJ kurs moslashuvchanligini saqlash tashqi shoklarni yumshatish, zaxiralarni muhofaza qilish va inflyatsion targetlash samaradorligi uchun muhimligini ta’kidladi.
Kelgusida Markaziy bank valyuta oldi-sotdisini yanada faollashtirish, banklarning dollar kursini shakllantirishdagi rolini oshirish va valyuta operatsiyalarini tez hamda xavfsiz amalga oshirish tizimlarini yaxshilashni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlarga valyuta kursi keskin o‘zgarganda ehtimoliy zararni kamaytirish imkonini beradigan moliyaviy vositalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.