O‘zbekiston YaIM yaqin yillarda qancha o‘sadi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi prognozi

Obuna bo‘lish
Fiskal strategiyaga ko‘ra, YaIM o‘sishini asosan iste’mol, xizmatlar eksporti va xorijiy investitsiyalar qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 2027-yildagi 5 106 dollardan 2028-yilda 5 598 dollarga, 2029-yilga borib esa 6 203 dollargacha oshishi prognoz qilinmoqda.
Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishlab chiqqan 2027–2029 yillarga mo‘ljallangan Fiskal strategiyada qayd etilgan.
Strategiyaga ko‘ra, YaIMning real o‘sishi:
2027 yilda — 6,9 foiz;
2028 yilda — 7,1 foiz;
2029 yilda — 7,4 foizni tashkil etishi prognoz qilingan.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 2028-yilda 5 598 dollarga, 2029-yilda esa 6 203 dollarga yetishi kutilmoqda.
Makroiqtisodiy prognozlar 2026-yilda shakllanayotgan yuqori iqtisodiy baza, tarkibiy islohotlarning davom ettirilishi, 2030-yilgacha belgilangan maqsadlar, investitsiyaviy faollik va eksport salohiyatining kengayishi hisobga olingan holda tayyorlangan.
Shuningdek, tashqi iqtisodiy muhitda saqlanayotgan noaniqliklar ham inobatga olingan.
Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida esa quyidagilar asosiy o‘sish drayverlari bo‘ladi:
aloqa va axborotlashtirish;
moliyaviy va transport xizmatlari;
yashash va ovqatlanish xizmatlari;
metallurgiya;
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
to‘qimachilik;
avtomobilsozlik.Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan
Yangiliklar lentasi
0