O‘zbekistonlik talabalar va rus tili o‘qituvchilari Ivanovoda malaka oshirdi

© Minprosvesheniya RFStudenti i pedagogi iz Uzbekistana proshli obuchenie v Ivanove
Studenti i pedagogi iz Uzbekistana proshli obuchenie v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Ivanovodagi pedagogik smenada o‘zbekistonlik ishtirokchilar zamonaviy ta’lim usullari va dars jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rgandilar.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Ivanovoda O‘zbekistondan kelgan rus tili o‘qituvchilari va pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan pedagogik smena yakunlandi. Bu haqda Rossiya Maorif vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur E.D. Stasova nomidagi “Interdom” xalqaro maktabida o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondan 60 kishi — 30 nafar talaba va 30 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar Rossiyaning ilg‘or pedagogik tajribalari bilan tanishib, interaktiv ta’lim vositalari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash usullarini o‘rgandilar. Shuningdek, ular o‘z ta’lim loyihalarini ishlab chiqdilar.
Bu yil dasturga birinchi marta rus tilini chet tili sifatida o‘qitadigan mutaxassislar ham jalb qilindi. Ular bo‘lajak pedagoglar bilan kasbiy tajriba almashdilar.
Shu bilan birga, “Interdom”da 90 nafardan ortiq o‘zbekistonlik o‘quvchi uchun qisqa muddatli ta’lim dasturi tashkil etildi. Bolalar rus tilini o‘rganib, Rossiya tarixi, madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan ma’rifiy hamda ijodiy tadbirlarda qatnashdilar.
© Minprosvesheniya RFStudenti i pedagogi iz Uzbekistana proshli obuchenie v Ivanove
Studenti i pedagogi iz Uzbekistana proshli obuchenie v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Studenti i pedagogi iz Uzbekistana proshli obuchenie v Ivanove
Talabalar esa amaliyotchi pedagog sifatida o‘quvchilar bilan ishlab, olgan bilimlarini amalda sinab ko‘rdilar.
Ishtirokchilar uchun Suzdal, Plos va Moskva shaharlariga madaniy-ma’rifiy sayohatlar ham uyushtirildi.
Rossiya Maorif vazirligi Xalqaro hamkorlik markazi direktori vazifasini bajaruvchi Dmitriy Mereshkinning ta’kidlashicha, bunday loyihalar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni, kasbiy tajriba almashishni va qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Pedagogik almashinuv Rossiya Maorif vazirligi Xalqaro hamkorlik markazining xalqaro gumanitar ta’lim loyihasi bo‘lib, o‘qituvchilar malakasini oshirish va rus tilida ta’lim berish sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Rossiyada o‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun Pedagogik smena qanday o‘tmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
O‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar Rossiyadagi Pedagogik smenada nimalarni o‘rganmoqda?
Yangiliklar lentasi
0