Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

"Sputnik"da O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan suv strategiyasi muhokama qilinadi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
Moskva va Toshkent o‘rtasidagi videoko‘prikda O‘zbekistonning suv resurslaridan oqilona foydalanish strategiyasi, ilmiy yechimlar va xalqaro hamkorlik muhokama qilinadi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "O‘zbekistonning 2050-yilgacha bo‘lgan suv strategiyasi: ilm-fan, texnologiyalar va xalqaro hamkorlik" mavzusida Moskva — Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
"O‘zsuvta’minot" AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev;
O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi vakillari;
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi vakillari.
Moskvadagi ishtirokchi:
akademik, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti iqtisodiy va moliyaviy strategiya kafedrasi mudiri Vladimir Kvint.
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti O‘zbekistonning 2027–2050 yillarga mo‘ljallangan suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda.
Videoko‘prikda O‘zbekistonning Milliy suv strategiyasini ishlab chiqishda rossiyalik mutaxassislarning o‘rni, suv resurslarini boshqarishning zamonaviy usullari hamda ilmiy va texnologik yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
Ishtirokchilar, shuningdek, suv xo‘jaligi va ekologik xavfsizlik sohalarida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0