https://oz.sputniknews.uz/20260722/ukraine-armiya-qomondon-almashtirilish-59187124.html
Fodorov bilan ziddiyat va namoyishlar: Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni nega almashtirildi
Fodorov bilan ziddiyat va namoyishlar: Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni nega almashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Sirskiy o‘rniga Mixail Drapatiyni bosh qo‘mondon etib belgiladi. Qaror Fodorovning ishdan olinishi, harbiy rahbariyatdagi ziddiyat va bir necha kunlik namoyishlar ortidan qabul qilindi.
2026-07-22T12:27+0500
2026-07-22T12:27+0500
2026-07-22T12:35+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir zelenskiy
mariya zaxarova
kiyev
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59186955_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_eb3af0e4904086bf9cefc86d6749d52f.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘rniga Mixail Drapatiyni tayinlaganini ma’lum qildi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, yangi rahbar ishtirokida Bosh shtab tuzilmasi yangilanadi va mamlakat mudofaa strategiyasi qayta ko‘rib chiqiladi.Fodorov va Sirskiy o‘rtasida nima bo‘lgan?Ukraina harbiy rahbariyatidagi ziddiyat Mixail Fodorov mudofaa vaziri lavozimidan olinganidan keyin oshkora tus oldi. Fodorov Sirskiyni islohotlarga to‘sqinlik qilish, tashabbuslarni bloklash va uning faoliyatiga xalaqit berishda aybladi.Fodorovning lavozimidan ozod qilinishi Kiyev va boshqa shaharlarda namoyishlarga sabab bo‘ldi. Namoyishchilar uni hukumatga qaytarish, Sirskiyni esa bosh qo‘mondonlikdan olishni talab qilishdi. Bir necha kunlik aksiyalardan keyin Zelenskiy Drapatiyni yangi bosh qo‘mondon etib belgiladi. 43 yoshli Mixail Drapatiy 2024–2025 yillarda Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlariga rahbarlik qilgan, keyin Birlashgan kuchlar qo‘mondoni bo‘lgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fodorov va Sirskiyning ishdan olinishiga kinoya bilan munosabat bildirdi.Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik esa kadrlar almashinuvini Ukraina harbiy rahbariyati va ularni qo‘llab-quvvatlovchi tashqi kuchlar o‘rtasidagi moliyaviy manfaatlar kurashi bilan bog‘ladi.Miroshnik so‘zlariga ko‘ra, gap 2026-yilda qariyb 100 mlrd dollarga yetgan Ukraina harbiy budjeti ustidan nazorat va uni taqsimlash haqida bormoqda. U mojaroning asosiy ishtirokchilari Ukrainadan tashqarida ekanini ham ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260716/ukraine-mudofaa-vazir-istefo-59072052.html
kiyev
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59186955_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_f5cec13250fc40eb718951364c7fdd6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, mariya zaxarova, kiyev, ukraina
dunyo yangiliklari, dunyoda, vladimir zelenskiy, mariya zaxarova, kiyev, ukraina
Fodorov bilan ziddiyat va namoyishlar: Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni nega almashtirildi
12:27 22.07.2026 (yangilandi: 12:35 22.07.2026) Aleksandr Sirskiy o‘rniga Mixail Drapatiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘ldi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy o‘rniga Mixail Drapatiyni tayinlaganini
ma’lum qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, yangi rahbar ishtirokida Bosh shtab tuzilmasi yangilanadi va mamlakat mudofaa strategiyasi qayta ko‘rib chiqiladi.
Fodorov va Sirskiy o‘rtasida nima bo‘lgan?
Ukraina harbiy rahbariyatidagi ziddiyat Mixail Fodorov mudofaa vaziri lavozimidan olinganidan keyin oshkora tus oldi. Fodorov Sirskiyni islohotlarga to‘sqinlik qilish, tashabbuslarni bloklash va uning faoliyatiga xalaqit berishda aybladi.
"Reuters" buni Ukraina harbiy boshqaruvidagi yangi texnologik yondashuv tarafdorlari bilan an’anaviy qo‘mondonlik o‘rtasidagi ziddiyat sifatida baholadi.
Fodorovning lavozimidan ozod qilinishi Kiyev va boshqa shaharlarda namoyishlarga sabab bo‘ldi. Namoyishchilar uni hukumatga qaytarish, Sirskiyni esa bosh qo‘mondonlikdan olishni talab qilishdi. Bir necha kunlik aksiyalardan keyin Zelenskiy Drapatiyni yangi bosh qo‘mondon etib belgiladi.
43 yoshli Mixail Drapatiy 2024–2025 yillarda Ukraina Quruqlikdagi qo‘shinlariga rahbarlik qilgan, keyin Birlashgan kuchlar qo‘mondoni bo‘lgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Fodorov va Sirskiyning ishdan olinishiga kinoya bilan munosabat bildirdi.
"Men to‘g‘ri tushunyapmanmi, Fodorov va Sirskiy aynan o‘sha, Zelenskiy G‘arb sammitlarida ... maqtanib yurgan, jang maydonidagi go‘yoki "muvaffaqiyatlar" uchun ishdan olinganmi?" — deb yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.
Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik esa kadrlar almashinuvini Ukraina harbiy rahbariyati va ularni qo‘llab-quvvatlovchi tashqi kuchlar o‘rtasidagi moliyaviy manfaatlar kurashi bilan bog‘ladi.
Miroshnik so‘zlariga ko‘ra, gap 2026-yilda qariyb 100 mlrd dollarga yetgan Ukraina harbiy budjeti ustidan nazorat va uni taqsimlash haqida bormoqda. U mojaroning asosiy ishtirokchilari Ukrainadan tashqarida ekanini ham ta’kidladi.