Finlyandiya OAV: O‘zbekistondan Santa-Klaus o‘lkasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishSanta Klaus
Santa Klaus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Obuna bo‘lish
"Centrum Air" ushbu yo‘nalishda Yangi yil davrida uchta reysni rejalashtirmoqda
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning "Centrum Air" aviakompaniyasi Toshkentdan Finlyandiyaning Laplandiya mintaqasidagi Kittilya shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi "AeroRoutes" ma’lumotlariga tayangan holda xabar berdi.
Parvozlar haftada bir marta — 2026-yil 26-dekabrdan 2027-yil 9-yanvargacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu tariqa, Yangi yil bayramlari davrida jami uchta reys bajarilishi mumkin.
Yo‘nalishda 186 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Airbus A320neo samolyotidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Agar reyslar yo‘lga qo‘yilsa, Kittilya O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri borish mumkin bo‘lgan Shimoliy Yevropadagi yagona manzilga aylanadi.
Laplandiya butun dunyoda Santa-Klaus o‘lkasi sifatida mashhur. Santa-Klausning rasmiy vatani hisoblangan Rovaniyemi shahri ham ushbu mintaqada, Qutb doirasida joylashgan.
Yle ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent — Kittilya yo‘nalishi Rossiya havo hududi orqali o‘tishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Finlyandiya aeroportlari operatori Finavia hozircha Centrum Airdan reyslar ochilishi bo‘yicha rasmiy tasdiq olmagan.
Retro-reys a/k Aeroflot po marshrutu Moskva-Krasnoyarsk-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
O‘zbekistondan Madinaga Checheniston orqali yangi aviareys ochildi
Yangiliklar lentasi
0