https://oz.sputniknews.uz/20260722/akkaunt-sim-karta-javobgarlik-qonun-loyiha-59189148.html
Akkaunt va SIM-kartani boshqaga berganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
Akkaunt va SIM-kartani boshqaga berganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar kiberjinoyatlarga qarshi qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Hujjat akkaunt va SIM-kartalarni g‘arazli maqsadda berish uchun javobgarlik hamda froddan yetgan zararni qoplash tartibini belgilaydi.
2026-07-22T14:09+0500
2026-07-22T14:09+0500
2026-07-22T14:09+0500
internet
raqamli texnologiyalar
ijtimoiy tarmoq
kiberxavfsizlik
iiv
o‘zbekiston
firibgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_347b60c837a7a38d98ed10cc3a4047b5.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kiberxavfsizlikni ta’minlash va raqamli muhitda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Deputatlarning takliflari va huquqni qo‘llash amaliyoti asosida uning qator normalari qayta ishlandi.Frod zararini qay hollarda bank qoplaydi?"To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, bank, to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkiloti kiberxavfsizlik talablariga rioya qilmagan yoxud shubhali operatsiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa, buning oqibatida fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni qoplashi kerak bo‘ladi.Demak, gap har qanday firibgarlik holatida pulni avtomatik ravishda qaytarish haqida emas. Zarar moliyaviy tashkilot tomonidan xavfsizlik talablari bajarilmagani yoki frod operatsiyasining oldi olinmagani oqibatida yetkazilgan bo‘lishi kerak.Akkaunt va SIM-kartani boshqaga berishMa’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan yangi normalar bilan masofaviy davlat xizmatlari tizimidagi shaxsiy akkauntlarni yoki SIM-karta kabi abonent qurilmasining identifikatsiya modullarini g‘arazli maqsadlarda boshqa shaxslarga berish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.Ushbu normalar firibgarlar tomonidan jinoiy operatsiyalarda foydalaniladigan begona akkauntlar va telefon raqamlari tarqalishining oldini olishga qaratilgan.Hisob va elektron hamonlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkinQonun loyihasi bilan bank hisobvaraqlari, elektron hamonlar va kriptoaktivlar bo‘yicha operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish protsessual majburlov chorasi sifatida joriy etilmoqda.Fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida ushbu chorani qo‘llash sud nazorati mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirilishi belgilanmoqda.Elektron ma’lumotlar dalil sifatida olib qo‘yiladiJinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar raqamli dalillar bilan ishlash tartibini ham aniqlashtiradi.Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ish uchun ahamiyatli elektron ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa dalillar qayerda saqlanayotgani ma’lum bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs ularni belgilangan tartibda olib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.Qonun loyihasi hozircha kuchga kirgani yo‘q. U Senatda ko‘rib chiqilishi, ma’qullangan taqdirda prezidentga imzolash uchun yuborilishi kerak.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/suniy-intellekt-dipfeyk-uzbekistan-kiberstrategiya-56356012.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/1a/46812159_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1b34634aa4712ccc8eaf6521b0358de1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
internet, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoq, kiberxavfsizlik, iiv, o‘zbekiston, firibgarlik
internet, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoq, kiberxavfsizlik, iiv, o‘zbekiston, firibgarlik
Akkaunt va SIM-kartani boshqaga berganlik uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
Qonun loyihasida akkaunt va SIM-kartani g‘arazli maqsadda boshqaga berish uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bank xavfsizlik choralarini ko‘rmagan hollarda firibgarlik zararini qoplash tartibi ham kiritilmoqda.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kiberxavfsizlikni ta’minlash va raqamli muhitda sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini
qabul qildi.
Hujjat ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Deputatlarning takliflari va huquqni qo‘llash amaliyoti asosida uning qator normalari qayta ishlandi.
Frod zararini qay hollarda bank qoplaydi?
"To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonunga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, bank, to‘lov tizimi operatori yoki to‘lov tashkiloti kiberxavfsizlik talablariga rioya qilmagan yoxud shubhali operatsiyalarning oldini olish choralarini ko‘rmagan bo‘lsa, buning oqibatida fuqaroga yetkazilgan moddiy zararni qoplashi kerak bo‘ladi.
Demak, gap har qanday firibgarlik holatida pulni avtomatik ravishda qaytarish haqida emas. Zarar moliyaviy tashkilot tomonidan xavfsizlik talablari bajarilmagani yoki frod operatsiyasining oldi olinmagani oqibatida yetkazilgan bo‘lishi kerak.
Akkaunt va SIM-kartani boshqaga berish
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan yangi normalar bilan masofaviy davlat xizmatlari tizimidagi shaxsiy akkauntlarni yoki SIM-karta kabi abonent qurilmasining identifikatsiya modullarini g‘arazli maqsadlarda boshqa shaxslarga berish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Shuningdek, boshqa shaxsning akkaunti yoki abonent raqamidan noqonuniy foydalanish ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu normalar firibgarlar tomonidan jinoiy operatsiyalarda foydalaniladigan begona akkauntlar va telefon raqamlari tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Hisob va elektron hamonlar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin
Qonun loyihasi bilan bank hisobvaraqlari, elektron hamonlar va kriptoaktivlar bo‘yicha operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turish protsessual majburlov chorasi sifatida joriy etilmoqda.
Bu firibgarlik yoki boshqa jinoyat yo‘li bilan o‘zlashtirilgan mablag‘larni tezda boshqa hisoblarga o‘tkazish, naqdlashtirish yoki kriptoaktivlarga aylantirishning oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Fuqarolarning Konstitutsiyada kafolatlangan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida ushbu chorani qo‘llash sud nazorati mexanizmlari bilan uyg‘unlashtirilishi belgilanmoqda.
Elektron ma’lumotlar dalil sifatida olib qo‘yiladi
Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlar raqamli dalillar bilan ishlash tartibini ham aniqlashtiradi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha ish uchun ahamiyatli elektron ma’lumotlar, hujjatlar va boshqa dalillar qayerda saqlanayotgani ma’lum bo‘lsa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs ularni belgilangan tartibda olib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.
Qonun loyihasi hozircha kuchga kirgani yo‘q. U Senatda ko‘rib chiqilishi, ma’qullangan taqdirda prezidentga imzolash uchun yuborilishi kerak.