O‘zbekistonda xabarsiz ishga joylashtirish bo‘yicha 1495 ta murojaat kelib tushdi
O‘zbekistonda xabarsiz ishga joylashtirish bo‘yicha 1495 ta murojaat kelib tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat mehnat inspeksiyasi fuqarolarning xabarisiz ishga rasmiylashtirilishi bo‘yicha 1495 ta murojaatni o‘rgandi. 143 ta tashkilot rahbariga chora ko‘rildi, 56 ta tashkilotga yozma ko‘rsatma berildi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida fuqarolardan o‘zlari bilmagan holda ishga joylashtirilgani haqida Davlat mehnat inspeksiyasiga 1495 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, murojaatlarni o‘rganish natijasida hozir faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir choralari qo‘llanildi.Fuqarolarning huquqlarini tiklash maqsadida 2020–2025 yillarda Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar o‘chirildi.Inspeksiya mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar xabarsiz rasmiylashtirilganini aniqlagan fuqarolarni vakolatli organlarga murojaat qilishga chaqirdi.
Bunday ma’lumotlar ishsizlik maqomi va nafaqa olishga to‘sqinlik qilishi mumkin
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi yarmida fuqarolardan o‘zlari bilmagan holda ishga joylashtirilgani haqida Davlat mehnat inspeksiyasiga 1495 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.
Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, murojaatlarni o‘rganish natijasida hozir faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir choralari qo‘llanildi.
Yana 56 ta korxona va tashkilotga qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar kiritildi. Ayrim murojaatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlar esa allaqachon tugatilgani aniqlangan.
Fuqarolarning huquqlarini tiklash maqsadida 2020–2025 yillarda Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar o‘chirildi.
Inspeksiya mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar xabarsiz rasmiylashtirilganini aniqlagan fuqarolarni vakolatli organlarga murojaat qilishga chaqirdi.
Ma’lumot uchun: bunday soxta rasmiylashtirish fuqaroning ishsiz deb e’tirof etilishi va ishsizlik nafaqasini olishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qonunga ko‘ra, mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan shaxs band hisoblanadi, ishsizlik nafaqasi esa faqat ishsiz deb e’tirof etilgan fuqarolarga to‘lanadi. Shaxs ishga joylashganda nafaqa to‘lovi to‘xtatiladi.