Expedia: O‘zbekistonga sayohat qidiruvlari va bronlar keskin oshdi

© Sputnik / Baxrom XatamovBuxoro — sayyohlar tanlaydigan shahar
Buxoro — sayyohlar tanlaydigan shahar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2026
Obuna bo‘lish
Mamlakatdagi eng ommabop yo‘nalishlar Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ldi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Iyun oyida "Expedia Group" platformalarida O‘zbekistonga sayohatlar bilan bog‘liq qidiruvlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu davrda:
— O‘zbekistonga sayohatni bron qilganlar soni 45,6 foizga;
— sotib olingan aviachiptalar 23 foizga;
— bron qilingan tunashlar soni 27 foizga oshdi.
"Expedia Group" — mehmonxona, aviachipta va boshqa turistik xizmatlarni bron qilish imkonini beruvchi yirik xalqaro onlayn platformalar guruhi.
O‘zbekistonga qiziqish bildirgan asosiy bozorlar AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya va Fransiya bo‘ldi. Eng yuqori o‘sish AQSh va Yaponiyada qayd etildi.
Mamlakatdagi eng ommabop yo‘nalishlar sifatida Toshkent, Samarqand va Buxoro yetakchilikni saqlab qoldi. Shu bilan birga, Xivaga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.
Mavjud tasdiqlangan bronlarning 82,9 foizi 2026-yilning iyul–sentabr oylaridagi sayohatlarga to‘g‘ri keladi.
Qiziqishning ortishi xalqaro aviaqatnovlar geografiyasining kengayishi, viza tartib-taomillarining soddalashtirilishi hamda mamlakatning xorijiy turizm bozorlarida faol targ‘ib qilinayotgani bilan izohlanmoqda.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Top-5 mamlakat: O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh qayerdan kelmoqda
Yangiliklar lentasi
0