https://oz.sputniknews.uz/20260721/suv-taminot-mirziyoev-vazifalar-59161735.html
Suv ta’minotini yaxshilash va tariflar: Mirziyoyev yangi vazifalarni belgilab berdi
Suv ta’minotini yaxshilash va tariflar: Mirziyoyev yangi vazifalarni belgilab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Suv tariflari shaffof va iqtisodiy asoslangan mezonlar bo‘yicha belgilanadi. 2027-yil 1-apreldan budjet tashkilotlari uchun yagona tarif joriy etiladi.
2026-07-21T09:20+0500
2026-07-21T09:20+0500
2026-07-21T10:18+0500
suv
shavkat mirziyoyev
sun’iy intellekt
raqamli texnologiyalar
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59161332_175:336:1829:1266_1920x0_80_0_0_37efb58fe85c6f2f418b4047fdd62df3.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda suv ta’minoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.Shu munosabat bilan:— ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini shaffof hamda iqtisodiy asoslangan mezonlar bo‘yicha belgilaydigan Idoralararo tarif komissiyasini tuzish;— ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berish vazifalarini ajratish;— hududiy korxonalarga suvni yagona ulgurji tarifda yetkazib beradigan Magistral suv ta’minoti korxonasini tashkil etish vazifalari qo‘yildi.Suv ta’minoti qanday kengaytiriladiKelgusi yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizga, shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovini esa 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi.Hududlarda:— 513 ta mahallaga markazlashgan ichimlik suvi olib boriladi;— 3 mingta mahallada suv ta’minoti sifati yaxshilanadi;— 232 mingta suv kolonkasi o‘rniga tarmoqlar bevosita xonadonlargacha tortiladi.Yil yakuniga qadar 600 million dollarlik loyihalar doirasida 1,6 ming kilometr ichimlik suvi va 387 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i quriladi. Shuningdek, 80 ta suv va 29 ta oqova suv inshooti barpo etiladi.Qashqadaryo viloyatida “Hisorak” suv omboridan ichimlik suvi olib kelish loyihasi ham jadallashtiriladi. Qiymati 217 million dollar bo‘lgan loyiha Qamashi, G‘uzor va Qarshi tumanlari hamda Qarshi shahridagi 1,1 million aholini qamrab oladi.Hisob-kitoblar onlayn bo‘ladi2030 yilga borib mamlakatda ichimlik suvi iste’moli hozirgi 941 million kub metrdan yana 230 million kub metrga ko‘payishi kutilmoqda.Shu bois:— iste’molchilar bilan hisob-kitoblar to‘liq onlayn tizimga o‘tkaziladi;— shahar va tuman markazlarida masofadan ma’lumot uzatadigan zamonaviy suv hisoblagichlari o‘rnatiladi;— suv inshootlari va tarmoqlarining raqamli xaritasi yaratiladi;— SCADA, GIS, telemetriya va yagona billing tizimlari keng joriy etiladi.Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida nasoslar ishini tahlil qilish, avariya va suv oqishini oldindan aniqlash, iste’mol hajmini prognozlash hamda aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260615/mdu-ozbekiston-suv-58344064.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59161332_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_c059c7828b965493b1a76a932900cd7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
suv, shavkat mirziyoyev, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, jamiyat, o‘zbekiston
suv, shavkat mirziyoyev, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, jamiyat, o‘zbekiston
Suv ta’minotini yaxshilash va tariflar: Mirziyoyev yangi vazifalarni belgilab berdi
09:20 21.07.2026 (yangilandi: 10:18 21.07.2026) Taqdimotda amaldagi tariflar xizmatlar tannarxini to‘liq qoplamayotgani aytildi. Endi ularni belgilash uchun Idoralararo tarif komissiyasi tuziladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ichimlik va oqova suv xizmatlarini yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda suv ta’minoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Amaldagi tariflar xizmatlarning haqiqiy tannarxini to‘liq qoplamayotgani va hududlar o‘rtasida keskin farq qilishi sohaning investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
— ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini shaffof hamda iqtisodiy asoslangan mezonlar bo‘yicha belgilaydigan Idoralararo tarif komissiyasini tuzish;
— ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berish vazifalarini ajratish;
— hududiy korxonalarga suvni yagona ulgurji tarifda yetkazib beradigan Magistral suv ta’minoti korxonasini tashkil etish vazifalari qo‘yildi.
Suv ta’minoti qanday kengaytiriladi
Kelgusi yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 90 foizga, shaharlarda kanalizatsiya xizmatlari qamrovini esa 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun qo‘shimcha 1,3 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi.
— 513 ta mahallaga markazlashgan ichimlik suvi olib boriladi;
— 3 mingta mahallada suv ta’minoti sifati yaxshilanadi;
— 232 mingta suv kolonkasi o‘rniga tarmoqlar bevosita xonadonlargacha tortiladi.
Yil yakuniga qadar 600 million dollarlik loyihalar doirasida 1,6 ming kilometr ichimlik suvi va 387 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i quriladi. Shuningdek, 80 ta suv va 29 ta oqova suv inshooti barpo etiladi.
Natijada 107 ta mahalladagi 310 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Yana 453 ta mahallada yashovchi 2,5 million kishining suv ta’minoti yaxshilanadi.
Qashqadaryo viloyatida “Hisorak” suv omboridan ichimlik suvi olib kelish loyihasi ham jadallashtiriladi. Qiymati 217 million dollar bo‘lgan loyiha Qamashi, G‘uzor va Qarshi tumanlari hamda Qarshi shahridagi 1,1 million aholini qamrab oladi.
Hisob-kitoblar onlayn bo‘ladi
2030 yilga borib mamlakatda ichimlik suvi iste’moli hozirgi 941 million kub metrdan yana 230 million kub metrga ko‘payishi kutilmoqda.
— iste’molchilar bilan hisob-kitoblar to‘liq onlayn tizimga o‘tkaziladi;
— shahar va tuman markazlarida masofadan ma’lumot uzatadigan zamonaviy suv hisoblagichlari o‘rnatiladi;
— suv inshootlari va tarmoqlarining raqamli xaritasi yaratiladi;
— SCADA, GIS, telemetriya va yagona billing tizimlari keng joriy etiladi.
Ushbu choralar orqali tarmoqlardagi suv yo‘qotishlarini 35 foizdan 25 foizga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida nasoslar ishini tahlil qilish, avariya va suv oqishini oldindan aniqlash, iste’mol hajmini prognozlash hamda aholi murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.