https://oz.sputniknews.uz/20260721/konmebol-jch-jamoa-kengaytirish-taklif-59164186.html
JCh-2030 da jamoalarni 64 tagacha kengaytirish taklif qilindi: FIFA buni ko‘rib chiqadi
JCh-2030 da jamoalarni 64 tagacha kengaytirish taklif qilindi: FIFA buni ko‘rib chiqadi
Sputnik O‘zbekiston
KONMEBOL rahbari JCh-2030ni 64 ta jamoa ishtirokida o‘tkazishni taklif qildi. Yubiley turnirining asosiy o‘yinlari Ispaniya, Portugaliya va Marokashda, ilk uchrashuvlari esa Janubiy Amerikada bo‘ladi. FIFA hali qaror chiqarmagan.
2026-07-21T10:51+0500
2026-07-21T10:51+0500
2026-07-21T10:54+0500
sport
jahon chempionati
futbol
xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa)
lotin amerikasi mamlakatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59163801_0:67:640:427_1920x0_80_0_0_9e662a6808412eae62c67d5c3fa364ae.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi - CONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges 2030-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tadan 64 taga oshirish g‘oyasini yana ilgari surdi.U X ijtimoiy tarmog‘ida turnir Urugvay, Argentina va Paragvayda boshlanishini ta’kidladi. CONMEBOL rahbari bu taklifni avval ham bildirgan va hozir ham uni amalga oshirishda qat’iy turibdi.Avvlroq FIFA prezidenti Janni Infantino JCh-2030 ishtirokchilari sonini 64 taga oshirish masalasi tegishli qo‘mitalarda ko‘rib chiqilishini aytgan. Biroq turnir formatini kengaytirish bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.Amaldagi rejaga ko‘ra, turnirning asosiy qismi Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi.Jahon chempionatining 100-yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bittadan ilk yubiley uchrashuvi tashkil etiladi. Birinchi jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan.2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk marta 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazildi. Agar CONMEBOL taklifi ma’qullansa, 2030-yilgi turnirda ishtirokchilar soni yana 16 taga ko‘payadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260720/jch-spain-argentina-maglub-chempion-59136639.html
lotin amerikasi mamlakatlari
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59163801_16:0:585:427_1920x0_80_0_0_d0260b3e2908944a559597e8a194a270.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, jahon chempionati, futbol, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), lotin amerikasi mamlakatlari
sport, jahon chempionati, futbol, xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (fifa), lotin amerikasi mamlakatlari
JCh-2030 da jamoalarni 64 tagacha kengaytirish taklif qilindi: FIFA buni ko‘rib chiqadi
10:51 21.07.2026 (yangilandi: 10:54 21.07.2026) Agar CONMEBOL taklifi ma’qullansa, 2030-yilgi turnirda ishtirokchilar soni yana 16 taga ko‘payishi mumkin.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi - CONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges 2030-yilgi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 tadan 64 taga oshirish g‘oyasini yana ilgari surdi.
U X ijtimoiy tarmog‘ida turnir Urugvay, Argentina va Paragvayda boshlanishini
ta’kidladi. CONMEBOL rahbari bu taklifni avval ham bildirgan va hozir ham uni amalga oshirishda qat’iy turibdi.
"2030 yilda jahon chempionati Urugvay, Argentina va Paragvayda o‘tkaziladi. Bu musobaqaning 100-yilligini 64 ta jamoa ishtirokidagi turnir bilan nishonlash uchun katta imkoniyat", — deb yozdi Dominges.
Avvlroq FIFA prezidenti Janni Infantino JCh-2030 ishtirokchilari sonini 64 taga oshirish masalasi tegishli qo‘mitalarda ko‘rib chiqilishini aytgan. Biroq turnir formatini kengaytirish bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Amaldagi rejaga ko‘ra, turnirning asosiy qismi Ispaniya, Portugaliya va Marokashda o‘tkaziladi.
Jahon chempionatining 100-yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda bittadan ilk yubiley uchrashuvi tashkil etiladi. Birinchi jahon chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk marta 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkazildi. Agar CONMEBOL taklifi ma’qullansa, 2030-yilgi turnirda ishtirokchilar soni yana 16 taga ko‘payadi.