https://oz.sputniknews.uz/20260721/hovli-uy-boshqaruv-kompaniyalar-59172668.html
O‘zbekistonda hovli uylar ham boshqaruv kompaniyalariga biriktirilishi mumkin
O‘zbekistonda hovli uylar ham boshqaruv kompaniyalariga biriktirilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Videoselektorda hovli uylarga boshqaruv kompaniyalari xizmatini joriy etish, 2 mingta og‘ir mahallada infratuzilmani yaxshilash va banklar ishini qayta ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.
2026-07-21T15:21+0500
2026-07-21T15:21+0500
2026-07-21T15:21+0500
shavkat mirziyoyev
mahalla
uy-joy kommunal xizmati
bank
hisob palatasi
bosh prokuratura
hokimlar
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59172497_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_0ea0e6189cbb38b6c008723824f6c662.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev yarim yillik natijalar va yil yakunigacha belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida.Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, yig‘ilishda mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati, ko‘cha va hovlilarni obodonlashtirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.Yig‘ilishda 2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni yangi tizim asosida tashkil etish uchun "Dolzarb 40 kunlik" e’lon qilingani ma’lum qilindi.Endi hokimlar ushbu mahallalarda elektr, gaz, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida hal qilishga shaxsan javob beradi. Bandlik tizimi mas’ullari esa ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish bilan shug‘ullanadi.Mahalla tizimi rahbarlariga 8 ming 992 ta mahallada ko‘cha va uylarni obod qilish, daraxt ekish hamda ariqlarni toza saqlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahalladagi ishlar va o‘zgarishlarni nazorat qilish topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260716/mahalla-yangi-vakolatlar-59072490.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59172497_0:0:2276:1706_1920x0_80_0_0_f1cb685398f5c5d94f9b2ff1b2052d2c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, mahalla, uy-joy kommunal xizmati, bank, hisob palatasi, bosh prokuratura, hokimlar, jamiyat
shavkat mirziyoyev, mahalla, uy-joy kommunal xizmati, bank, hisob palatasi, bosh prokuratura, hokimlar, jamiyat
O‘zbekistonda hovli uylar ham boshqaruv kompaniyalariga biriktirilishi mumkin
Prezident mahallalarda ozodalik va yashash madaniyatini yaxshilash uchun hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda hovli uylarni ham boshqaruv kompaniyalari faoliyati bilan qamrab olish muhim, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev yarim yillik natijalar va yil yakunigacha belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida.
Prezident matbuot xizmatiga
ko‘ra, yig‘ilishda mahallalarda ozodalik, yashash madaniyati, ko‘cha va hovlilarni obodonlashtirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari 40 millionli aholi turmushini yaxshilash uchun iqtisodiy o‘sish sur’atini 9–10 foizga yetkazish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilishda 2 mingta eng og‘ir mahallada ishlarni yangi tizim asosida tashkil etish uchun "Dolzarb 40 kunlik" e’lon qilingani ma’lum qilindi.
Endi hokimlar ushbu mahallalarda elektr, gaz, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida hal qilishga shaxsan javob beradi. Bandlik tizimi mas’ullari esa ehtiyojmand aholini o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Mahalla tizimi rahbarlariga 8 ming 992 ta mahallada ko‘cha va uylarni obod qilish, daraxt ekish hamda ariqlarni toza saqlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Prezident banklarning mahallalardagi faoliyatidan norozi ekanini bildirdi. Keyingi uch oyda natija ko‘rsatgan viloyat va tuman banklari rahbarlari lavozimida qoladi, o‘zgarish qilmaganlar esa ishdan olinadi.
Bosh prokuratura va Hisob palatasiga har bir mahalladagi ishlar va o‘zgarishlarni nazorat qilish topshirildi.