https://oz.sputniknews.uz/20260721/hokim-chora-korilish-59174139.html
Sanoat va eksportda natija qilmagan 17 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkin
Sanoat va eksportda natija qilmagan 17 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Videoselektorda 17 nafar hokim faoliyati, tadbirkorlarga qo‘llanilayotgan jarimalar, strategik korxonalar xarajatlari hamda elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlar tanqid qilindi.
2026-07-21T16:05+0500
2026-07-21T16:05+0500
2026-07-21T16:05+0500
shavkat mirziyoyev
hokimlar
jamiyat
gaz
elektr energiyasi
jarima
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59173969_0:130:2560:1570_1920x0_80_0_0_20aa0f2b7e30eb09574ee8ef093900bc.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillik natijalari va yil yakunigacha belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda sanoat va eksport ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 17 nafar tuman va shahar hokimining lavozimiga loyiqligini shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish bosh vazirga topshirildi.Yangiobod, Muzrabot, Qiziriq, Oltiariq tumanlari va G‘ozg‘on shahrida sanoat o‘sishi sekinlashgan. Kasbi, Denov, Toshkent, Paxtaobod, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon tumanlari, Jizzax, Navoiy shaharlari va Bektemir tumanida eksport ishlari susaygani tanqid qilindi.Jarima va to‘lovlar qisqartiriladiHozir 51 ta vazirlik va idora 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. 2024–2026 yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan.Prezident nazorat idoralari tadbirkorni darhol jazolash o‘rniga, avval unga kamchilikni bartaraf etish imkonini berishi va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.Yirik korxonalarda tannarx oshganNavoiy kon-metallurgiya kombinatida bir unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oshgan. Korxonaning umumiy xarajatlari esa 6,2 trillion so‘mga yoki 22 foizga ko‘paygan.O‘zbekiston metallurgiya kombinatida po‘lat sharlar tannarxi 5,4 foizga, "O‘zkimosanoat"da karbamid tannarxi 11,1 foizga, ammiakli selitra tannarxi 8,3 foizga oshgan."Franklin Templeton" aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish rejalashtirilgan 13 ta yirik davlat kompaniyasini tahlil qilgan.Tahlilga ko‘ra, "Uzbekistan Airways" marshrutlarining samarasiz tuzilgani, reyslar orasidagi uzoq tanaffuslar, kechikishlar hamda xizmat ko‘rsatishda raqobat yo‘qligi sababli 120 million dollar daromad boy bermoqda.Olti oyda elektr energiyasi yo‘qotishlari 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan. Gaz tarmog‘ida esa 797 million kub metr gaz yo‘qotilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260627/yashirin-iqtisodiyotni-aniqlovchi-platformani-ishga-tushadi-58632394.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/15/59173969_0:0:2276:1706_1920x0_80_0_0_e1840cd338d96a8f504d482e1c57a5e9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, hokimlar, jamiyat, gaz, elektr energiyasi, jarima
shavkat mirziyoyev, hokimlar, jamiyat, gaz, elektr energiyasi, jarima
Sanoat va eksportda natija qilmagan 17 nafar hokimga chora ko‘rilishi mumkin
Prezident sanoat va eksportda natija ko‘rsatmagan 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish, biznes uchun jarima va to‘lovlarni qisqartirishni topshirdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillik natijalari va yil yakunigacha belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda sanoat va eksport ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 17 nafar tuman va shahar hokimining lavozimiga loyiqligini shu kunning o‘zida ko‘rib chiqish bosh vazirga topshirildi.
Yangiobod, Muzrabot, Qiziriq, Oltiariq tumanlari va G‘ozg‘on shahrida sanoat o‘sishi sekinlashgan. Kasbi, Denov, Toshkent, Paxtaobod, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon tumanlari, Jizzax, Navoiy shaharlari va Bektemir tumanida eksport ishlari susaygani tanqid qilindi.
To‘qqiz oy yakunigacha o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimlarining tegishli o‘rinbosarlariga ham qat’iy chora ko‘riladi.
Jarima va to‘lovlar qisqartiriladi
Hozir 51 ta vazirlik va idora 322 ta yo‘nalishda moliyaviy jarima qo‘llash vakolatiga ega. 2024–2026 yillarda qariyb 3 trillion so‘mlik jarima qo‘llanilgan.
Prezident nazorat idoralari tadbirkorni darhol jazolash o‘rniga, avval unga kamchilikni bartaraf etish imkonini berishi va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi kerakligini ta’kidladi.
Barcha vazirlik va tarmoq rahbarlariga bir hafta ichida burokratiya, jarima, to‘lov va yig‘imlarni keskin kamaytirish bo‘yicha taklif kiritish topshirildi.
Yirik korxonalarda tannarx oshgan
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida bir unsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oshgan. Korxonaning umumiy xarajatlari esa 6,2 trillion so‘mga yoki 22 foizga ko‘paygan.
O‘zbekiston metallurgiya kombinatida po‘lat sharlar tannarxi 5,4 foizga, "O‘zkimosanoat"da karbamid tannarxi 11,1 foizga, ammiakli selitra tannarxi 8,3 foizga oshgan.
"Franklin Templeton" aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish rejalashtirilgan 13 ta yirik davlat kompaniyasini tahlil qilgan.
Tahlilga ko‘ra, "Uzbekistan Airways" marshrutlarining samarasiz tuzilgani, reyslar orasidagi uzoq tanaffuslar, kechikishlar hamda xizmat ko‘rsatishda raqobat yo‘qligi sababli 120 million dollar daromad boy bermoqda.
Kompaniya bozor qiymatini 40 foizga, "O‘zbektelekom" qiymatini 50 foizga, "Hududiy elektr tarmoqlari" qiymatini esa ikki barobar oshirish imkoniyati borligi qayd etildi.
Olti oyda elektr energiyasi yo‘qotishlari 17,2 foizni yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan. Gaz tarmog‘ida esa 797 million kub metr gaz yo‘qotilgan.