Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

“Sputnik”da O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlararo hamkorligi muhokama qilinadi

© SputnikPress-sentr Sputnik Uzbekistan
Press-sentr Sputnik Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Ostona–Moskva–Toshkent videoko‘prigida ekspertlar ikki davlat hududlararo hamkorligi istiqbollarini muhokama qiladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 21 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Ostona–Moskva–Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Videoko‘prik Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi arafasida tashkil etiladi.
Kengashning birinchi yig‘ilishi 2026-yil 24-iyul kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida bo‘lib o‘tadi.
Unda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma sanoat loyihalarini amalga oshirish, savdo aloqalarini mustahkamlash hamda tranzit-transport salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Videoko‘prik ishtirokchilari mazkur kengashning ahamiyati, hududlararo aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va uchrashuvdan kutilayotgan natijalar haqida fikr almashadi.
Videoko‘prik ishtirokchilari
Moskvada:
— Anna Velikaya — Rossiya Fanlar akademiyasining E.M. Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi.
Ostonada:
— Alibek Tajibayev — “Yevroosiyo monitoringi” tahliliy tadqiqotlar markazi direktori.
Toshkentda:
— Baxtiyor Ergashev — “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Yangiliklar lentasi
0