Ozodbek Nazarbekov ShHTda madaniyat va sun’iy intellekt bo‘yicha to‘rt tashabbusni ilgari surdi

© Press-slujba Ministerstva kulturi UzbekistanaMnistr kulturi Respubliki Uzbekistan Ozodbek Nazarbekov
Mnistr kulturi Respubliki Uzbekistan Ozodbek Nazarbekov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Madaniyat va san’atda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy qoidalarni qabul qilish takliflar jumlasidan
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Cho‘lponotada o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar madaniyat vazirlari yig‘ilishida to‘rt tashabbusni ilgari surdi.
Vazirning ta’kidlashicha, uch milliarddan ortiq aholini birlashtirgan ShHT makoni dunyodagi eng yirik madaniy auditoriyalardan biri hisoblanadi.

Nazarbekov ijtimoiy tarmoqlarda zo‘ravonlik, nafrat va yolg‘on axborot tez tarqalayotgani, milliy va ijobiy madaniy kontent esa e’tibordan chetda qolayotganini qayd etdi.

Shuningdek, sun’iy intellekt madaniy merosni ommalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi bilan birga, soxta tasvirlar, tarixiy faktlarni buzib ko‘rsatish va muallif roziligisiz asarlar tayyorlash xavfini ham keltirib chiqarayotgani aytildi.
O‘zbekiston quyidagi tashabbuslarni bildirdi:
— ShHT mamlakatlarining yosh blogerlari, rejissorlari va raqamli kontent yaratuvchilari o‘rtasida har yili tanlov o‘tkazish;
— madaniyat va san’atda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy qoidalarni qabul qilish;
— sun’iy intellekt yordamida ShHT xalqlarining tarixiy shaxslari obrazlarini yaratib, ularni virtual muzeylar, animatsiyalar va raqamli platformalar orqali ommalashtirish;
— kreativ iqtisodiyot sohasida tajriba almashish dasturini yo‘lga qo‘yish.
Nazarbekov, shuningdek, Namanganda boshlangan ShHT madaniy muloqotini doimiy hamkorlik mexanizmiga aylantirishni taklif qildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti

ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.

Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.

Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.

KengaytirishYig‘ishtirish
V Cholpon-Ate proxodit soveshanie ministrov kulturi stran ShOS. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2026
O‘zbekiston ShHT madaniyat vazirlarining Cho‘lponotadagi yig‘ilishida qatnashmoqda
Yangiliklar lentasi
0