Odilxon qori 8-yilga ozodlikdan mahrum etildi — tafsilotlar

© Andrey StarostinMolotok v zale sudebnix zasedaniy
Molotok v zale sudebnix zasedaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Pop tuman sudi Odilxon Ismoilovni juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish va hujjatlarni takroran, guruh bo‘lib qalbakilashtirishda aybli deb topdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. OAVda Odilxon qori nomi bilan tanilgan, "Rayxon oilaviy milliy taomlari" ta’sischisi Odilxon Ismoilov 8-yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi Odilxon Ismoilov va yana olti nafar sudlanuvchini mulkni o‘zlashtirish, mansab soxtakorligi hamda hujjatlarni egallash va qalbakilashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybli deb topdi.
Qonun normalarini sodda tilda ifodalaganda, sud quyidagi qilmishlar sodir etilgan degan xulosaga kelgan:
— ishonib topshirilgan yoki ixtiyorda bo‘lgan o‘zganing mulkini juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki sarflab yuborish;
— rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki soxta hujjatlar tuzish;
— pasport, ID-karta yoki boshqa o‘ta muhim hujjatlar, shtamplar, muhrlar va blanklarni egallash yoxud yashirish;
— rasmiy hujjatlar, shtamplar, muhrlar yoki blanklarni takroran hamda bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib qalbakilashtirish.
Sud Odilxon Ismoilovga 8-yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Uning qamoqda o‘tkazgan vaqti hisobga olinib, o‘talishi lozim bo‘lgan jazo muddati 7-yil 11 oy 28 kun etib belgilandi.
Qolgan olti nafar sudlanuvchiga ularning jinoiy harakatlaridan kelib chiqib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi. Jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni sudlanuvchilardan solidar tartibda undirish belgilandi.
Moskovskiy gorodskoy sud - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Toshkent viloyatida bog‘cha bolalari zaharlanishi bo‘yicha 11 kishiga hukm o‘qildi
Yangiliklar lentasi
0