Ayrim shaharlarda jazirama yangi cho‘qqiga chiqdi — Farg‘onada 82-yillik rekord yangilandi

© SputnikJara v Uzbekistane
Jara v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Obuna bo‘lish
Anomal issiq paytida Farg‘onada 1944-yildan beri saqlangan rekord yangilandi. Qator hududlarda ham yangi harorat maksimumlari qayd etildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Iyul o‘rtalarida O‘zbekistonda g‘ayrioddiy issiq kuzatilib, uning eng yuqori cho‘qqisi aksariyat hududlarda 18-19 iyulga, shimoli-g‘arbiy hududlarda esa 16-18 iyulga to‘g‘ri keldi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi ma’lum qildi.
Bu kunlarda havo harorati respublikaning ko‘p qismida +43...+45, janubiy va cho‘l hududlarida +46...+49 darajagacha ko‘tarildi.
Harorat meteorologik kuzatuvlar tarixida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichlarga yaqinlashdi. Bir qator shaharlarda iyul oyi uchun mutlaq maksimumlar yangilandi:
Buxoroda — +46,9 daraja, avvalgi rekord 2002-yilda +46,2 darajani tashkil etgan;
Navoiyda — +46,5 daraja, avvalgi rekord 2021-yilda +45,9 daraja bo‘lgan;
Samarqandda — +43,6 daraja, avvalgi rekord 1983-yilda +42,4 daraja bo‘lgan;
Shahrisabzda — +44,9 daraja, avvalgi rekord 2021-yilda +44,6 daraja bo‘lgan;
Andijonda — +43 daraja, avvalgi rekord 1977-yilda +42,1 daraja bo‘lgan;
Namanganda — +44,2 daraja, avvalgi rekord 2007-yilda +42,5 daraja bo‘lgan;
Farg‘onada — +43,9 daraja, avvalgi rekord 1944-yilda +42,2 daraja bo‘lgan.
Shu tariqa, Farg‘onada 82-yil davomida saqlangan iyul oyi harorat rekordi yangilandi. Farg‘ona vodiysi viloyat markazlarida kunlik maksimal harorat rekordlari ushbu davrda 2–3 martadan yangilandi.
Toshkentda eng yuqori harorat 19-iyul, yakshanba kuni qayd etilib, +44,3 darajani tashkil qildi. Bu 1997-yil 18-iyulda kuzatilgan mutlaq maksimumdan atigi 0,3 daraja past.
O‘zgidrometga ko‘ra, ekstremal issiq termik depressiya ta’sirida yuzaga kelgan. Eron hududi ustida yuqori troposferada shakllangan baland bosim tizmasi shimoli-sharqqa siljib, o‘ta issiq havoni "gumbaz" kabi Markaziy Osiyo ustida ushlab turgan.
Leto u gorodskogo fontana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Dam olish kunlari jazirama kuchayadi
Yangiliklar lentasi
0