https://oz.sputniknews.uz/20260720/iran-usa-zarbalar-oqibat-59154890.html
Pentagon Eronning AQSh kuchlariga zarbalari oqibatlarini to‘liq oshkor qilmayapti — NYT
Pentagon Eronning AQSh kuchlariga zarbalari oqibatlarini to‘liq oshkor qilmayapti — NYT
Sputnik O‘zbekiston
Eronning Iordaniyadagi zarbalari o‘nlab amerikalik harbiyni yaralagan va vertolotlarga zarar yetkazgan. NYT manbalariga ko‘ra, Pentagon Tehronga hujumlar aniqligini baholashda yordam bermaslik uchun tafsilotlarni cheklamoqda.
2026-07-20T16:27+0500
2026-07-20T16:27+0500
2026-07-20T16:42+0500
aqsh – eron mojarosi
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
tehron
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56523666_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_723b220f94163050a5fe4384a762d57c.png
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Pentagon Eronning Iordaniyadagi Amerika kuchlariga uyushtirgan uchta zarbasi va ularning oqibatlari haqida jamoatchilikka to‘liq ma’lumot bermagan. Bu haqda "New York Times" ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berdi.Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyulda ikki amerikalik harbiy halok bo‘lgan hujumdan oldin besh kun ichida AQSh kuchlariga yana uch marta zarba berilgan. Ularning natijasida o‘nlab harbiylar jarohatlangan va bir qator "Black Hawk" vertolotlari shikastlangan.NYT suhbatdoshlari ma’lumotlarning cheklanishini harbiy operatsiyalar xavfsizligi bilan izohlagan. Ularning fikricha, jarohatlanganlar va texnikaga yetgan zarar haqidagi batafsil ma’lumotlar Tehronga zarbalarning aniqligi va samaradorligini baholash imkonini berishi mumkin.AQSh rasmiylari Eron zarbalari Amerika havo mudofaasini chetlab o‘tishda tobora samarali bo‘layotganini ham tan olgan.CENTCOM rasman 17-iyuldagi raketa va dron hujumida ikki amerikalik harbiy halok bo‘lgani, yana biri bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi."Associated Press" hisob-kitobiga ko‘ra, 28-fevraldan beri Eron bilan mojaroda halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 17 nafarga yetgan. "Reuters" esa yaralanganlar soni 420 nafardan oshganini xabar qilgan.Ayni paytda AQSh Markaziy qo‘mondonligi 19-iyulda Eronga qarshi ketma-ket to‘qqizinchi tungi zarbalar yakunlanganini ma’lum qildi. Zarbalar harbiy qo‘mondonlik markazlari, havo mudofaasi tizimlari, raketa va dronlarni uchirish obyektlari hamda aloqa tarmoqlariga berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260715/trump-iran-energetika-zarba-tahdid-59042031.html
tehron
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1a/56523666_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_84c0ae1b102b0810799cfc5f2cc3c868.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, tehron, eron
aqsh – eron mojarosi, dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, tehron, eron
Pentagon Eronning AQSh kuchlariga zarbalari oqibatlarini to‘liq oshkor qilmayapti — NYT
16:27 20.07.2026 (yangilandi: 16:42 20.07.2026) NYT manbalariga ko‘ra, Eron zarbalari AQSh va ittifoqchilar havo mudofaasini yorib o‘tishda samaraliroq bo‘layotgani Pentagonda xavotir uyg‘otgan.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Pentagon Eronning Iordaniyadagi Amerika kuchlariga uyushtirgan uchta zarbasi va ularning oqibatlari haqida jamoatchilikka to‘liq ma’lumot bermagan. Bu haqda "New York Times" ismi oshkor etilmagan amerikalik amaldorlarga tayanib
xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 17-iyulda ikki amerikalik harbiy halok bo‘lgan hujumdan oldin besh kun ichida AQSh kuchlariga yana uch marta zarba berilgan. Ularning natijasida o‘nlab harbiylar jarohatlangan va bir qator "Black Hawk" vertolotlari shikastlangan.
Birinchi zarba Iordaniyadagi Qirol Faysal aviabazasining harbiylar yashaydigan qismiga tegib, besh nafargacha harbiyni yaralagan. Ikkinchi hujum AQSh vertolotlari joylashgan bazaga zarar yetkazgan. Muvaffaq Salti aviabazasiga berilgan keyingi zarbada esa boshpanaga yo‘l olgan 20 nafarga yaqin harbiy jarohatlangan.
NYT suhbatdoshlari ma’lumotlarning cheklanishini harbiy operatsiyalar xavfsizligi bilan izohlagan. Ularning fikricha, jarohatlanganlar va texnikaga yetgan zarar haqidagi batafsil ma’lumotlar Tehronga zarbalarning aniqligi va samaradorligini baholash imkonini berishi mumkin.
AQSh rasmiylari Eron zarbalari Amerika havo mudofaasini chetlab o‘tishda tobora samarali bo‘layotganini ham tan olgan.
CENTCOM rasman 17-iyuldagi raketa va dron hujumida ikki amerikalik harbiy halok bo‘lgani, yana biri bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
19 iyulda hujum joyidan shaxsi aniqlanmagan jasad qoldiqlari topildi. Shuningdek, 18-iyulda Iroq shimolida urib tushirilgan Eron droni qoldiqlarini zararsizlantirish paytida yana bir amerikalik harbiy halok bo‘ldi.
"Associated Press" hisob-kitobiga ko‘ra, 28-fevraldan beri Eron bilan mojaroda halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 17 nafarga yetgan. "Reuters" esa yaralanganlar soni 420 nafardan oshganini xabar qilgan.
Ayni paytda AQSh Markaziy qo‘mondonligi 19-iyulda Eronga qarshi ketma-ket to‘qqizinchi tungi zarbalar yakunlanganini ma’lum qildi. Zarbalar harbiy qo‘mondonlik markazlari, havo mudofaasi tizimlari, raketa va dronlarni uchirish obyektlari hamda aloqa tarmoqlariga berilgan.