https://oz.sputniknews.uz/20260720/iiv-advokatlar-palata-memorandum-59152912.html
Fuqarolar huquqlari va qonuniylik: IIV va Advokatlar palatasi memorandum imzoladi
Fuqarolar huquqlari va qonuniylik: IIV va Advokatlar palatasi memorandum imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
IIV va Advokatlar palatasi korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, qonunchilikni takomillashtirish va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha doimiy hamkorlik maydonini tashkil etadi.
2026-07-20T15:06+0500
2026-07-20T15:06+0500
2026-07-20T15:06+0500
advokatlik
iiv
tergov
jamiyat
o‘zbekiston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59152504_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_7f8a281b584ddd78a5f5180a09443f22.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Advokatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Hujjatni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Mirzayev va Advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sadikov imzoladi.Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash bilan cheklanmasligi, balki ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga ham qaratilishi lozimligini ta’kidladi.Shu maqsadda IIV va Advokatlar palatasi doimiy professional hamkorlik maydonini tashkil etadi.Shuningdek, tomonlar qonunchilikni takomillashtirish tashabbuslarini muhokama qiladi, qo‘shma seminarlar, o‘quvlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etadi hamda kasbiy tajriba almashadi.Alohida e’tibor qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yagona yondashuvlarni shakllantirishga qaratiladi.Hamkorlik ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatning ichki ishlar organlari va advokaturaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251209/uzbekistan-migrant-himoya-memorandum-54035932.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/14/59152504_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4d17cfb25ec2f3a9a8a5308bfaf17472.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
advokatlik, iiv, tergov, jamiyat, o‘zbekiston, hamkorlik
advokatlik, iiv, tergov, jamiyat, o‘zbekiston, hamkorlik
Fuqarolar huquqlari va qonuniylik: IIV va Advokatlar palatasi memorandum imzoladi
IIV va Advokatlar palatasi qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish hamda fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzoladi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Advokatlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Hujjatni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Rustam Mirzayev va Advokatlar palatasi raisi Shuhrat Sadikov imzoladi.
Tomonlar korrupsiyaga qarshi kurash faqat sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash bilan cheklanmasligi, balki ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga ham qaratilishi lozimligini ta’kidladi.
Shu maqsadda IIV va Advokatlar palatasi doimiy professional hamkorlik maydonini tashkil etadi.
Memorandum doirasida huquqni qo‘llash amaliyotidagi dolzarb muammolar birgalikda tahlil qilinadi, korrupsiyaviy xavflarning tizimli sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, tomonlar qonunchilikni takomillashtirish tashabbuslarini muhokama qiladi, qo‘shma seminarlar, o‘quvlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etadi hamda kasbiy tajriba almashadi.
Alohida e’tibor qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish, ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yagona yondashuvlarni shakllantirishga qaratiladi.
Hamkorlik ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda jamiyatning ichki ishlar organlari va advokaturaga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.