O‘zbekiston Rossiyaning nufuzli onkologiya ilmiy markazi bilan qator kelishuvlarga erishdi

© Respublikanskiy onkologicheskiy nauchniy sentr Uzbekskaya delegatsiya posetila Onkosentr im. Bloxina v Rossii.
 Uzbekskaya delegatsiya posetila Onkosentr im. Bloxina v Rossii. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2026
Obuna bo‘lish
Xususan, yadro tibbiyoti sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hukumati, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiya Rossiyaning N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiyot ilmiy markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya zamonaviy operatsion bloklar, radioterapiya majmuasi, patologik anatomiya va patomorfologiya laboratoriyalari, molekulyar diagnostika markazi, ilmiy laboratoriyalar hamda bemorlarni davolashning innovatsion texnologiyalari bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakunida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

- yadro tibbiyoti sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
- MAGATE dasturlari doirasida shifokor va mutaxassislarni tayyorlash hamda malakasini oshirish;
- radioterapiya yo‘nalishida ilg‘or texnologiyalar va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
- patomorfologiya va molekulyar diagnostika xizmatlarini birgalikda rivojlantirish;
- medikal onkologiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, klinik protokollarni takomillashtirish va mutaxassislar almashinuvini tashkil etish.

Tashrif yakunida ikki markaz o‘rtasida uzoq muddatli ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy onkologik texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni amalga oshirish yuzasidan o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.
N.N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiyot ilmiy markazi Rossiyaning eng yirik va nufuzli onkologiya muassasasi bo‘lib, MDH hududidagi eng yirik onkologik ilmiy-klinik komplekslardan biri hisoblanadi. Markazda har yili o‘n minglab bemorlarga yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatiladi, murakkab onkojarrohlik amaliyotlari bajariladi hamda yuzlab ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.
Muassasa onkojarrohlik, radioterapiya, dori-darmon bilan davolash, patologik anatomiya, molekulyar genetika, immunogistokimyo, translatsion tadqiqotlar va klinik sinovlar yo‘nalishlarida xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ilmiy maktabga ega.
Ministr kulturi Ozodbek Nazarbekov vstretilsya s glavoy Rossotrudnichestva Yevgeniyem Primakovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Mishustin va Murashko bilan tibbiy hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0