ShHT mamlakatlari viza rejimini soddalashtirishni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Tashkilotga hozir Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) a’zo mamlakatlar fuqarolari uchun viza rejimini soddalashtirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
Tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Pao Yanfan Bishkekdagi ShHT Yoshlar turizmi forumi doirasida yaqinda bu mavzuga bag‘ishlangan turizm idoralari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, fuqarolarimiz safarlarini osonlashtirish maqsadida bu yo‘nalishda ishlashni davom ettiramiz”, - dedi u.
Shanxay hamkorlik tashkiloti

ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.

Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.

Kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0