Peskov: Rossiya AQSh saylovlariga aralashganlik haqidagi ayblovlarni rad etadi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichDmitriy Peskov
Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Moskva hech qachon boshqalarning ichki ishlariga aralashmaganini ta’kidladi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Rossiya AQShdagi saylov jarayonlariga aralashganlik haqidagi har qanday ayblovlarni qat’iyan rad etadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Rossiya Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi saylovlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Biz har qanday ayblovlarni rad etamiz, ularni qat’iyan rad etamiz”, - dedi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya boshqalar ichki ishiga hech qachon aralashmagan va hech kim mamlakatning ichki ishlariga aralashmasligiga umid qiladi.
Kreml rasmiysi AQShda avval ham ko‘plab tekshiruvlar o‘tkazilgani va ular Moskvaning saylov kampaniyalariga aloqasi yo‘qligini tasdiqlaganini ta’kidaladi. Tramp esa Amerika maxsus xizmatlari orqali kelib tushgan shaxssiz va isbotlanmagan ma’lumotlarga tayanmoqda.
Avvalroq Amerika prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy, Eron va KXDR go‘yoki uning mamlakatining saylov tizimiga tahdid solayotganini ma’lum qilgan edi. Tramp saylov tizimidagi zaifliklar haqidagi razvedka ma’lumotlarini oshkor qilishga va’da berdi.
2026 yil boshida Tramp Obama 2016-yilgi AQSh saylovlariga Rossiya aralashuvi haqidagi soxta hujjatlar tayyorlashni razvedka xizmatiga topshirganini ma’lum qilib, uni qamoqqa olishga chaqirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0