https://oz.sputniknews.uz/20260717/jazirama-elektr-59096708.html
Ayrim hududlarda jazirama sabab elektr ta’minotida cheklovlar joriy etildi
Ayrim hududlarda jazirama sabab elektr ta’minotida cheklovlar joriy etildi
Sputnik O‘zbekiston
Cheklovlar Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida avariyalarning oldini olish maqsadida joriy etilgan. 17.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-17T13:40+0500
2026-07-17T13:40+0500
2026-07-17T13:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
elektr energiyasi
energetika vazirligi
cheklov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45856117_0:66:1364:833_1920x0_80_0_0_128fa8b0d639b3a3f923510e1ab4a484.jpg
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida o‘ta yuklama yuzaga kelishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli majburiy cheklov (2 soat) joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Xususan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlaridagi 1750 ta iste’molchi, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlaridagi 1200 ta iste’molchi, Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 1 300 ta iste’molchi, Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlaridagi 1000 ta iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi.Ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni O‘zbekiston yagona energetika tizimida sutkalik elektr iste’moli 291 mln kVt·soat, ishlab chiqarish esa 295,4 mln kVt·soatni tashkil etib, yozgi mavsum uchun rekord ko‘rsatkich qayd etilgan.Anomal issiq sharoitida ayrim tarmoqlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni hududlardagi maxsus brigadalar tezkorlik bilan bartaraf etmoqda, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.Vazirlik aholidan elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishni so‘ramoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260716/elektr-energiya-rekordlar-59065310.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1a/45856117_82:0:1282:900_1920x0_80_0_0_b086035ae9991a3f4364e8667fed2956.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, elektr energiyasi, energetika vazirligi, cheklov
jamiyat, o‘zbekiston, elektr energiyasi, energetika vazirligi, cheklov
Ayrim hududlarda jazirama sabab elektr ta’minotida cheklovlar joriy etildi
Cheklovlar Qashqadaryo, Jizzax, Xorazm va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida avariyalarning oldini olish maqsadida joriy etilgan.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. O‘zbekistonning ayrim hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida o‘ta yuklama yuzaga kelishining oldini olish maqsadida qisqa muddatli majburiy cheklov (2 soat) joriy etildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Xususan, Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala va Chiroqchi tumanlaridagi 1750 ta iste’molchi, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Zomin tumanlaridagi 1200 ta iste’molchi, Xorazm viloyatining Shovot, Gurlan va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi 1 300 ta iste’molchi, Toshkent viloyatining Toshkent va Zangiota tumanlaridagi 1000 ta iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi.
Ma’lum qilinishicha, 16-iyul kuni O‘zbekiston yagona energetika tizimida sutkalik elektr iste’moli 291 mln kVt·soat, ishlab chiqarish esa 295,4 mln kVt·soatni tashkil etib, yozgi mavsum uchun rekord ko‘rsatkich qayd etilgan.
Anomal issiq sharoitida ayrim tarmoqlarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni hududlardagi maxsus brigadalar tezkorlik bilan bartaraf etmoqda, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Vazirlik aholidan elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishni so‘ramoqda.