Rossiya O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni bir yilda 22,9 foizga o‘sdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyul holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 502 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 817 taga yoki 22,9 foizga ko‘p.
Ularning 4 611 tasi qo‘shma korxonalar, 15 891 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.
Qo‘shma korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda. Rossiya kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar soni 941 tani tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarni Xitoy — 863 ta va Turkiya — 523 ta qo‘shma korxona bilan egallagan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0