https://oz.sputniknews.uz/20260715/xohlovchilar-koalitsiya-ukraine-mojaro-ojiz-59043817.html
“Xohlovchilar koalitsiyasi” Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga ojiz — Spiegel
“Xohlovchilar koalitsiyasi” Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga ojiz — Spiegel
Sputnik O‘zbekiston
Spiegel "Xohlovchilar koalitsiyasi" Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishishda ojizligicha qolayotganini yozdi. Nashrga ko‘ra, Kiyevga amaliy harbiy yordam ko‘rsatayotgan Yevropa davlatlari soni kamaymoqda.
2026-07-15T14:04+0500
2026-07-15T14:04+0500
2026-07-15T14:04+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
yevropa ittifoqi
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59043647_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_06859045ffe54ec0a7165659ab52edbc.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. "Xohlovchilar koalitsiyasi" bayonotlar va ramziy tadbirlarda kuchli ko‘rinsa-da, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish masalasida ojizligicha qolmoqda, deb yozdi Germaniyaning Spiegel jurnali.Dushanba kuni asosan G‘arb davlatlaridan iborat koalitsiya vakillari Parijda Ukrainaga keyingi yordam, xavfsizlik kafolatlari va havo hujumidan mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun yig‘ildi. Koalitsiyaga 35 dan ziyod mamlakat kirgan bo‘lib, unda Fransiya va Buyuk Britaniya muvofiqlashtiruvchi vazifani bajarmoqda.Spiegel Parijdagi uchrashuv dabdabali marosimlar va Yevropaning harbiy qudratini namoyish etish bilan o‘tganiga e’tibor qaratdi. Nashr koalitsiya a’zolari namoyish etayotgan ramzlar va "hashamatli dekoratsiyalar" Moskvada taassurot uyg‘otish uchun yetarlimi, degan savolni o‘rtaga tashladi.Spiegel nashrining ta’kidlashicha, koalitsiya o‘zini namoyishkorona qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, uning ortidagi amaliy yordam zaiflashib bormoqda. Xususan, Ukrainaga real harbiy yordam ajratayotgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soni 2023-yildagi 21 tadan 2026-yilda 14 tagacha kamaygan.Kil jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlari ham Yevropa harbiy yordamining tobora kam sonli davlatlar zimmasiga tushayotganini ko‘rsatadi. Germaniya va Buyuk Britaniya 2022–2025 yillarda G‘arbiy Yevropadan ajratilgan harbiy yordamning qariyb uchdan ikki qismini ta’minlagan.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Parijdagi uchrashuvni diqqat bilan kuzatishini bildirdi. U koalitsiyani tinchlikni emas, mojaroning davom etishini istaydigan "urushni qo‘zg‘atuvchilar koalitsiyasi" deb atadi.Rossiya G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi mojaroni hal qilishga to‘sqinlik qilishi, NATO mamlakatlarini unga bevosita jalb etishi va muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bir necha bor ta’kidlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260714/ukraine-xavfsizlik-kafolatlar-russia-59028845.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59043647_97:0:673:432_1920x0_80_0_0_669c3167a0c6af7758d2c0c69c2771be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
yevropa ittifoqi, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
“Xohlovchilar koalitsiyasi” Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga ojiz — Spiegel
Spiegel jurnali “Xohlovchilar koalitsiyasi” Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga qodir emasligini yozdi. Nashr koalitsiyaning balandparvoz bayonotlari amaliy natija bermayotganiga e’tibor qaratdi
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. "Xohlovchilar koalitsiyasi" bayonotlar va ramziy tadbirlarda kuchli ko‘rinsa-da, Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishish masalasida ojizligicha qolmoqda, deb
yozdi Germaniyaning Spiegel jurnali.
Dushanba kuni asosan G‘arb davlatlaridan iborat koalitsiya vakillari Parijda Ukrainaga keyingi yordam, xavfsizlik kafolatlari va havo hujumidan mudofaa sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun yig‘ildi.
Koalitsiyaga 35 dan ziyod mamlakat kirgan bo‘lib, unda Fransiya va Buyuk Britaniya muvofiqlashtiruvchi vazifani bajarmoqda.
Spiegel Parijdagi uchrashuv dabdabali marosimlar va Yevropaning harbiy qudratini namoyish etish bilan o‘tganiga e’tibor qaratdi. Nashr koalitsiya a’zolari namoyish etayotgan ramzlar va "hashamatli dekoratsiyalar" Moskvada taassurot uyg‘otish uchun yetarlimi, degan savolni o‘rtaga tashladi.
"Yoki “xohlovchilar koalitsiyasi” aslida “xayrixohlar koalitsiyasi”mi — doimo tirishqoq, ammo qachondir o‘zi erishmoqchi bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish masalasiga kelganda ojiz?" — deya yozadi jurnal.
Spiegel nashrining ta’kidlashicha, koalitsiya o‘zini namoyishkorona qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, uning ortidagi amaliy yordam zaiflashib bormoqda. Xususan, Ukrainaga real harbiy yordam ajratayotgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soni 2023-yildagi 21 tadan 2026-yilda 14 tagacha kamaygan.
Kil jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlari ham Yevropa harbiy yordamining tobora kam sonli davlatlar zimmasiga tushayotganini ko‘rsatadi. Germaniya va Buyuk Britaniya 2022–2025 yillarda G‘arbiy Yevropadan ajratilgan harbiy yordamning qariyb uchdan ikki qismini ta’minlagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Parijdagi uchrashuvni diqqat bilan kuzatishini bildirdi. U koalitsiyani tinchlikni emas, mojaroning davom etishini istaydigan "urushni qo‘zg‘atuvchilar koalitsiyasi" deb atadi.
Rossiya G‘arb davlatlarining Ukrainaga qurol yetkazib berishi mojaroni hal qilishga to‘sqinlik qilishi, NATO mamlakatlarini unga bevosita jalb etishi va muzokaralarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bir necha bor ta’kidlagan.