Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi UQKning texnika va shaxsiy tarkibdagi yo‘qotishlarini ma’lum qildi

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishBoyevaya rabota RSZO "Grad" gruppirovki voysk "Sentr" v zone SVO
Boyevaya rabota RSZO Grad gruppirovki voysk Sentr v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi 15-iyul kuni Ukraina qo‘shinlarining port, logistika va harbiy infratuzilma obyektlariga zarbalar berilganini xabar qildi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlari maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ma’lumotga ko‘ra, “Shimol” qo‘shinlar guruhi taktik holatini yaxshilagan. Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibdan tashqari, jangovar zirhli mashina, 11 ta avtomobil, dala artilleriya quroli va zenit-raketa kompleksini yo‘qotgan.
“G‘arb” guruhi yanada qulay marra va pozitsiyalarni egallagan. UQK uchta zirhli jangovar mashina, jumladan, AQShda ishlab chiqarilgan M113 zirhli transportori, 13 ta avtomobil va to‘rtta artilleriya qurolini yo‘qotgan.
“Markaz” guruhi taktik holatini yaxshilagan. Ukraina tuzilmalarining shaxsiy tarkibdagi yo‘qotishlaridan tashqari, uchta zirhli jangovar mashinasi va uchta avtomobili yo‘q qilingan.
“Sharq” guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkarisiga kirib borgan. Ukraina tomoni uchta zirhli jangovar mashina, 15 ta avtomobil, “Bastion” reaktiv zalp o‘t ochish tizimining jangovar mashinasi va dala artilleriya qurolini yo‘qotgan.
“Dnepr” guruhi 12 ta avtomobil, “Bogdan” o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, ekipajsiz kater va uchta radioelektron kurash stansiyasini yo‘q qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi barcha yo‘nalishlarda Ukraina Qurolli kuchlarining shaxsiy tarkib bo‘yicha ham yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi.
Havo hujumidan mudofaa vositalari sakkizta boshqariladigan aviatsiya bombasi va 558 ta samolyot tipidagi dronni urib tushirgan. Qora dengiz floti kuchlari esa UQKning to‘rtta ekipajsiz katerini yo‘q qilgan.
Rossiya Qurolli Kuchlari tunda Ukraina Qurolli kuchlari foydalanadigan logistika markazlari, yoqilg‘i-energetika va transport infratuzilmasi obyektlari hamda uzoq masofali dronlar saqlanadigan joylarga hamda port infratuzilmasiga guruhli zarbalar bergan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra:
— “Odessa” portida port infratuzilmasi obyektlari hamda dron ishlab chiqarish va yig‘ish bo‘yicha ikkita sex zararlangan;
— “Chernomorsk” portida Ukraina Qurolli kuchlari uchun yuk yetkazib berayotgan konteyner tashuvchi va quruq yuk kemasi shikastlangan;
— “Dnepr-Bugskiy” portida UQK uchun yuk olib kelgan ikkita quruq yuk kemasi yuk tushirish vaqtida zararlangan.
Komandniy punkt. (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Chernomorskda Ukraina armiyasi uchun yuk tashigan ikki parom va konteynerovozga zarba berildi
Yangiliklar lentasi
0