https://oz.sputniknews.uz/20260715/spain-france-maglub-jch-final-59034505.html
Ispaniya Fransiyani “quruq” mag‘lub etib JCh-2026 finaliga chiqdi
Ispaniya Fransiyani “quruq” mag‘lub etib JCh-2026 finaliga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Ispaniya JCh-2026 yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida yengdi. Mikel Oyarsabal penaltidan, Pedro Porro esa o‘yindan gol urdi. Ispanlar 2010-yildan beri ilk bor finalga chiqib, Angliya—Argentina juftligi g‘olibini kutmoqda.
2026-07-15T06:43+0500
2026-07-15T06:43+0500
2026-07-15T06:48+0500
futbol bo‘yicha jch-2026
futbol
sport
jahon chempionati
fransiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59034680_0:150:2880:1770_1920x0_80_0_0_858309b5354e7a00f47e77be304c24d1.jpg
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi o‘yinga yo‘l oldi.Arlingtondagi “Dallas” stadionida o‘tkazilgan uchrashuv boshidanoq Ispaniyaning ustunligi ostida kechdi. Luis de la Fuente shogirdlari to‘pni ko‘proq nazorat qildi, maydon markazida raqibga bosim o‘tkazdi va Fransiyaning kuchli hujum chizig‘ini deyarli harakatsiz qoldirdi.Hisob 22-daqiqada ochildi. Lamin Yamal jarima maydonida to‘p uchun kurashda Lyuka Dindan oldinroq harakat qildi va fransuz himoyachisi unga nisbatan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydi. Belgilangan penaltini Mikel Oyarsabal aniq amalga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda ham ispaniyaliklar o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqarmadi. 58-daqiqada Pedro Porro Dani Olmo bilan kombinatsiya tashkil qilib, darvoza tomon yorib kirdi va Mayk Menyanni ishonchli zarba bilan mag‘lub etdi — 2:0. Oradan ko‘p o‘tmay Lamin Yamal ham to‘pni darvozaga kiritdi, biroq gol ofsayd sabab bekor qilindi.Fransiya Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Olise kabi futbolchilariga qaramay, Ispaniya himoyasiga jiddiy muammo tug‘dira olmadi. Fransuzlar butun uchrashuv davomida darvoza tomon yo‘llangan atigi ikki aniq zarba bilan cheklandi. Mbappening uchta zarbasidan hech biri darvozaga aniq bormadi.Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchrashuvdan keyin jamoasining harakatlariga yuqori baho berdi.Ispaniya joriy musobaqadagi yettita o‘yinning oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, jamoaning asosiy vaqtdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 37 ta uchrashuvga yetdi. Ispanlar jahon chempionati finaliga tarixda ikkinchi marta va 2010-yildan beri ilk bor chiqdi.JCh-2026 finali 19-iyul kuni Ist-Raterfordda bo‘lib o‘tadi. Ispaniya hal qiluvchi bahsda Angliya — Argentina yarim finali g‘olibi bilan uchrashadi. Fransiya esa uchinchi o‘rin uchun o‘yinda ushbu juftlikda mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260712/jch-england-norway-galaba-58988313.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0f/59034680_160:0:2720:1920_1920x0_80_0_0_86fba86b5b057aebd3781fb176217737.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, jahon chempionati, fransiya
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, jahon chempionati, fransiya
Ispaniya Fransiyani “quruq” mag‘lub etib JCh-2026 finaliga chiqdi
06:43 15.07.2026 (yangilandi: 06:48 15.07.2026) Mikel Oyarsabal va Pedro Porroning gollari Ispaniya terma jamoasini 16-yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati finaliga olib chiqdi.
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Ispaniya terma jamoasi futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatining yarim finalida Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, hal qiluvchi o‘yinga yo‘l oldi.
Arlingtondagi “Dallas” stadionida o‘tkazilgan uchrashuv boshidanoq Ispaniyaning ustunligi ostida kechdi. Luis de la Fuente shogirdlari to‘pni ko‘proq nazorat qildi, maydon markazida raqibga bosim o‘tkazdi va Fransiyaning kuchli hujum chizig‘ini deyarli harakatsiz qoldirdi.
Hisob 22-daqiqada ochildi. Lamin Yamal jarima maydonida to‘p uchun kurashda Lyuka Dindan oldinroq harakat qildi va fransuz himoyachisi unga nisbatan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ydi. Belgilangan penaltini Mikel Oyarsabal aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda ham ispaniyaliklar o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqarmadi. 58-daqiqada Pedro Porro Dani Olmo bilan kombinatsiya tashkil qilib, darvoza tomon yorib kirdi va Mayk Menyanni ishonchli zarba bilan mag‘lub etdi — 2:0. Oradan ko‘p o‘tmay Lamin Yamal ham to‘pni darvozaga kiritdi, biroq gol ofsayd sabab bekor qilindi.
Fransiya Kilian Mbappe, Usmon Dembele va Maykl Olise kabi futbolchilariga qaramay, Ispaniya himoyasiga jiddiy muammo tug‘dira olmadi. Fransuzlar butun uchrashuv davomida darvoza tomon yo‘llangan atigi ikki aniq zarba bilan cheklandi. Mbappening uchta zarbasidan hech biri darvozaga aniq bormadi.
Ispaniya bosh murabbiyi Luis de la Fuente uchrashuvdan keyin jamoasining harakatlariga yuqori baho berdi.
“Biz dunyoning eng yaxshi terma jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. Ammo bugun ular dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi maydonga tushdi”, — dedi mutaxassis.
Ispaniya joriy musobaqadagi yettita o‘yinning oltitasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shuningdek, jamoaning asosiy vaqtdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 37 ta uchrashuvga yetdi. Ispanlar jahon chempionati finaliga tarixda ikkinchi marta va 2010-yildan beri ilk bor chiqdi.
JCh-2026 finali 19-iyul kuni Ist-Raterfordda bo‘lib o‘tadi. Ispaniya hal qiluvchi bahsda Angliya — Argentina yarim finali g‘olibi bilan uchrashadi. Fransiya esa uchinchi o‘rin uchun o‘yinda ushbu juftlikda mag‘lub bo‘lgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.