O‘zbekistonning qaysi hududida mehnatga layoqatli aholi eng ko‘p — infografika

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisining 55,7 foizi mehnatga layoqatli yoshda. Qolgan 44,3 foizni mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta aholi tashkil etadi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining umumiy soni 39 047 321 kishini tashkil etgan.
Shundan:
21 739 409 kishi mehnatga layoqatli yoshda, bu jami aholining 55,7 foizi;
12 515 140 kishi mehnatga layoqatli yoshdan kichik, bu 32 foiz;
4 792 772 kishi esa mehnatga layoqatli yoshdan katta, bu 12,3 foizdir.
Toshkent shahri aholisi 3 mln 225 ming kishiga yetgan. Shundan 1 mln 901 ming kishi, ya’ni 59 foizi mehnatga layoqatli yoshda.
Hududlar kesimida mehnatga layoqatli aholi soni eng ko‘p Samarqand viloyatida qayd etilgan — 2 mln 414 ming kishi. Bu viloyat jami aholisining 54,8 foizini tashkil qiladi.
Mehnatga layoqatli aholi soni eng kam Sirdaryo viloyatida bo‘lib, u yerda mazkur toifaga 538 ming kishi to‘g‘ri keladi. Bu viloyat aholisining 56,35 foizidir.
Jami aholiga nisbatan mehnatga layoqatli aholi ulushi eng yuqori Toshkent shahrida — 59 foiz. Bu ko‘rsatkich eng past Surxondaryo viloyatida bo‘lib, 54,1 foizni tashkil etadi.
Hududlar bo‘yicha aholining asosiy yosh toifalari — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0