https://oz.sputniknews.uz/20260714/voyaga-etmaganlar-muomalaga-layoqatli-elon-qilinishi-59026904.html
Endi ayrim voyaga yetmaganlar to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin
Endi ayrim voyaga yetmaganlar to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ayrim voyaga yetmaganlarni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish tartibi belgilandi. Buning uchun psixologik yetuklik, kamida uch oylik ish yoki tadbirkorlik faoliyati va ijobiy o‘qish ko‘rsatkichlari talab etiladi.
2026-07-14T17:32+0500
2026-07-14T17:32+0500
2026-07-14T17:32+0500
yoshlar
bolalar
imtiyoz
jamiyat
yangi qonun
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38439433_0:157:2917:1798_1920x0_80_0_0_44122e05264b7ffaa7b23a7571b4b394.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish — emansipatsiya bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli ma’muriy reglament tasdiqlandi.Unga ko‘ra, arizani Davlat xizmatlari markazi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodim orqali, shuningdek, my.gov.uz portalida topshirish mumkin.Voyaga yetmagan shaxs bir nechta shart asosida to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Jumladan, u psixologik jihatdan yetuk bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlarining oqibatini anglashi lozim.Ijobiy qaror qabul qilinsa, shaxs haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestriga kiritiladi.Emansipatsiya voyaga yetmagan shaxsga ayrim fuqarolik huquqlarini ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligisiz mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251113/bank-karta-yangi-tartib-53444556.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1f/38439433_126:0:2855:2047_1920x0_80_0_0_212c25c5349fe4a53126f35131fde5a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoshlar, bolalar, imtiyoz, jamiyat, yangi qonun, o‘zbekiston
yoshlar, bolalar, imtiyoz, jamiyat, yangi qonun, o‘zbekiston
Endi ayrim voyaga yetmaganlar to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin
Buning uchun ular psixologik jihatdan yetuk bo‘lishi, kamida uch oy ishlashi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi hamda o‘qish ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish — emansipatsiya bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli ma’muriy reglament
tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, arizani Davlat xizmatlari markazi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodim orqali, shuningdek, my.gov.uz portalida topshirish mumkin.
Voyaga yetmagan shaxs bir nechta shart asosida to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Jumladan, u psixologik jihatdan yetuk bo‘lishi va o‘z xatti-harakatlarining oqibatini anglashi lozim.
Shuningdek, ariza beruvchi kamida uch oy davomida uzluksiz mehnat yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan bo‘lishi kerak. Uning o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va darslarga davomati bo‘yicha ham ijobiy ma’lumot talab etiladi.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, shaxs haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Emansipatsiya qilingan shaxslar reyestriga kiritiladi.
Emansipatsiya voyaga yetmagan shaxsga ayrim fuqarolik huquqlarini ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligisiz mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.