Jazirama sabab Surxondaryo yo‘llarida yuk mashinalari harakati cheklanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovGruzovie avtomobili na trasse
Gruzovie avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Og‘ir yuk avtomobillarining Termiz shahri va viloyat yo‘llarida harakatlanishi kunduzgi vaqtda vaqtincha cheklanadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Surxondaryo viloyatida o‘ta issiq ob-havo sabab og‘ir yuk avtomobillari harakatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Cheklov har kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Termiz shahri, tuman markazlari va ularni bog‘lovchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida amal qiladi.
Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda havo harorati kunduzi +42...+44 darajagacha, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori ko‘tarilmoqda.
Bunday sharoitda asfaltbeton qoplamasi harorati 70–80 darajagacha yetishi mumkin. Natijada yo‘lning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, og‘ir transport vositalari ta’sirida g‘ildirak izlari, deformatsiya va boshqa nuqsonlar yuzaga keladi.
Cheklov avtomobil yo‘llarini asrash, ularning muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda.
Haydovchilar va yuk tashuvchi korxonalardan tashish ishlarini cheklov vaqtidan tashqariga rejalashtirish so‘raldi.
Gruzovie avtomobili na trasse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
Og‘ir vaznli yuk tashuvidagi tadbirkorlar muammolari yechimi uchun ishchi guruh tuzildi
Yangiliklar lentasi
0