https://oz.sputniknews.uz/20260714/rektorlar-maktab-tanlov-qabul-59023535.html
"Rektorlar maktabi"ga nomzodlar to‘rt bosqichli tanlov orqali qabul qilinadi
"Rektorlar maktabi"ga nomzodlar to‘rt bosqichli tanlov orqali qabul qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat OTMlari rektori lavozimiga nomzodlar “Rektorlar maktabi”ga to‘rt bosqichli tanlov orqali qabul qilinadi. Dastur uchun magistr darajasi, besh yillik tajriba va ikki yil rahbarlik staji talab etiladi.
2026-07-14T13:17+0500
2026-07-14T13:17+0500
2026-07-14T13:17+0500
ta’lim
oliy ta’lim muassasalari
otm
tanlov
o‘zbekiston
yangi o‘zbekiston
yangi qonun
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/11/21385308_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_4bf97433c21c12ffd33af715c641b64c.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarligiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibini belgilovchi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Hujjatga ko‘ra, dasturda o‘qish uchun nomzod 30 yoshga to‘lgan, kamida magistr darajasiga hamda oliy ta’lim sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u kamida ikki yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi talab etiladi.Test, psixologik baholash va suhbat natijalari bo‘yicha nomzodlarning umumiy reytingi shakllantiriladi. Eng yuqori ball to‘plaganlar qabul kvotasi doirasida o‘qishga tavsiya etiladi.Nizomda hujjatlarni topshirish, baholash mezonlari, natijalarni e’lon qilish va apellyatsiya berish tartibi ham belgilangan.Avvalroq qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq, davlat OTMlari rektori yoki direktori lavozimiga nomzodlar “Rektorlar maktabi”ni muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250808/oliy-talimni-ozgarishlar-51132550.html
o‘zbekiston
yangi o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/11/21385308_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_f04cb87adaa4fd05fd760b504025e3e4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, otm, tanlov, o‘zbekiston, yangi o‘zbekiston, yangi qonun, jamiyat
ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, otm, tanlov, o‘zbekiston, yangi o‘zbekiston, yangi qonun, jamiyat
"Rektorlar maktabi"ga nomzodlar to‘rt bosqichli tanlov orqali qabul qilinadi
Davlat OTMlari rahbarlari dasturni tamomlab, maxsus zaxiraga kiritilganlar orasidan tanlanadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Adliya vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rahbarligiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha “Rektorlar maktabi” dasturiga qabul tartibini belgilovchi nizomni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazdi.
Hujjatga ko‘ra, dasturda o‘qish uchun nomzod 30 yoshga to‘lgan, kamida magistr darajasiga hamda oliy ta’lim sohasida kamida besh yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, u kamida ikki yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi talab etiladi.
Nomzodlar ochiq tanlov asosida qabul qilinadi. Saralash jarayoni hujjatlarni qabul qilish va o‘rganish, test sinovlari, psixologik baholash hamda suhbatdan iborat to‘rt bosqichda o‘tkaziladi.
Test, psixologik baholash va suhbat natijalari bo‘yicha nomzodlarning umumiy reytingi shakllantiriladi. Eng yuqori ball to‘plaganlar qabul kvotasi doirasida o‘qishga tavsiya etiladi.
Nizomda hujjatlarni topshirish, baholash mezonlari, natijalarni e’lon qilish va apellyatsiya berish tartibi ham belgilangan.
Avvalroq qabul qilingan hukumat qaroriga muvofiq, davlat OTMlari rektori yoki direktori lavozimiga nomzodlar “Rektorlar maktabi”ni muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus kadrlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlanadi.