Yigirma besh yillik muzokaralardan so‘ng qirg‘iz-tojik chegarasida ustunlar o‘rnatilmoqda

© Sputnik KirgizstanKirgizstan i Tadjikistan nachali ustanavlivat pervie pogranichnie stolbi
Kirgizstan i Tadjikistan nachali ustanavlivat pervie pogranichnie stolbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Dastlabki to‘rtta chegara ustuni Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat chegaralari tutashgan hududda o‘rnatildi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish doirasida dastlabki chegara ustunlari o‘rnatildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ishlar Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston davlat chegaralari tutashgan nuqtadan boshlandi. Tomonlar ushbu hududda dastlabki to‘rtta chegara ustunini o‘rnatdi.
Qirg‘iz-tojik chegarasining umumiy uzunligi 1008,14 kilometrni, neytral maqomga ega uchastkalar perimetri esa 14,07 kilometrni tashkil etadi.
Hozirga qadar qariyb 416 kilometrlik hududda qo‘shma dala ishlari o‘tkazildi. Rejalashtirilgan 1954 ta chegara belgisidan 1627 tasining koordinatalari va o‘rnatish joylari dastlabki tarzda aniqlandi.
Ular Qirg‘izistonning Botken va Laylak tumanlari, Tojikistonning Isfara, Konibodom shaharlari hamda Sug‘d viloyatining boshqa hududlarida joylashadi.
Ikki davlat o‘rtasidagi bahsli chegara uchastkalarini kelishish jarayoni 2002-yil dekabrda boshlangan. 2025-yil martda prezidentlar Sadir Japarov va Emomali Rahmon davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani imzolab, delimitatsiya jarayonini yakunlagan edi. Ustunlarni o‘rnatish kelishilgan chegara chizig‘ini joyning o‘zida belgilash bosqichidir.
Uzbekistan, Kirgizstan i Tadjikistan ofitsialno ratifitsirovali soglashenie o granitsax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegara kelishuvini rasman tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0