Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Bishkekda YeOII ishtirokida qayta tiklanuvchi energetika forumi o‘tkaziladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMirnovskaya VES
Mirnovskaya VES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2026
Obuna bo‘lish
Forumda toza energiya manbalarini rivojlantirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va transchegaraviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK), Qirg‘iziston Energetika vazirligi hamda Global energetik birlashmani rivojlantirish va hamkorlik tashkiloti — GEIDCO sentabr oyida Bishkekda barqaror energetika bo‘yicha xalqaro forum o‘tkazadi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Forumda qayta tiklanuvchi va boshqa toza energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda transchegaraviy energetik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
YeIK ma’lumotiga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega. Biroq buning uchun elektr tarmoqlarini yangilash, energiya saqlash tizimlarini joriy etish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarur.
YeIK va GEIDCO qayta tiklanuvchi energetika sohasida mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish hamda konsultatsiya yordamini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdi.
YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshevning ta’kidlashicha, YeOII davlatlari so‘nggi yillarda qayta tiklanuvchi energiya va energiya tejamkorligi sohasida sezilarli natijalarga erishgan. Ittifoq an’anaviy va muqobil energiya manbalari o‘rtasida iqtisodiy jihatdan maqbul muvozanatni ta’minlashni maqsad qilgan.
Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish YeOIIning 2030-yilgacha va 2045-yilgacha mo‘ljallangan strategik hujjatlarida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2026
O‘zbekiston va YeOII
Ostonada YeOII energetika xavfsizligi va “yashil” energetika masalalari muhokama qilinadi
Yangiliklar lentasi
0